2020 yil 22-23 oktyabr kunlari Yevropa ittifoqi Ta’lim, yoshlar, sport va madaniyat Bosh Direktorati va Ta’lim, audiovizual va madaniyat Ijroiya Agentligi tomonidan Erasmus+ milliy ofislari va Milliy Agentliklar vakillari uchun online uchrashuv tashkil qilindi.
2 kun davom etgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 2021-2027 yillar uchun yangi bosqichi, dasturni targ'ib qilish va ta'sirni oshirish bo'yicha loyihalar natijalarini tarqatish strategiyalari, dasturga COVID-19 ta’siri haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Parallel seminarlarda esa Erasmus+ loyihalarinig ilgo’r tajribalari, muvaffaqiyatli amaliyotlar, qiyinchiliklar bilan almashish va ularni bartaraf etish kabi ma’lumotlar bilan fikr almashish imkoniyati bo’ldi.
2021-2027 yillar uchun ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:
Noyabr oyining oxirida Dasturning 2021-2027 yillari uchun mo’ljallangan yangi Qo'llanmani nashr etilishi belgilangan.
Yaqinda Erasmus Mundus va magistrlik darajasi va Jan Monnetning "Ta'lim va yoshlar sohasidagi strategik sheriklik" aksiyalari tanlovlarining ochilishi rejalashtirilgan!
Yaqin kunlarda quyidagi Yo’nalishlar bo’yicha yangi tanlov e’lon qilinishi kutilmoqda:
• Jean Monnet
• Erasmus Mundus Joint Master Degrees