Online Erasmus+ Week
Erasmus+ milliy ofisi navbatdagi onlayn "Erasmus+ Haftaligi"ning 11-15 may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Haftalikning maqsadi - Erasmus+ loyihalarining ishtirokchilari tomonidan olingan bilim, ko’nikma va tajribalar bilan bo’lishish, loyihalar yutuq va natijalarini keng ommaga yetkazish, oliy ta’lim olishga qiziquvchi yoshlarni Erasmus+ dasturida individual ishtirok etish va oliy ta’lim tizimida dolzarb bo’lgan mavzularda bir qator mazmunli seminarlar-treninglarni tashkil etishdan iborat. Hafta davomida turli formatdagi qiziqarli tadbirlar onlayn tarzda bo’lib o’tadi.
Tashkilotchilar: Erasmus+ milliy ofisi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Oliy ta’lim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi.
Barcha tadbirlarga linklar ijtimoyi tarmoqlarimizda bir kun oldin berib boriladi.