Oliy ta’lim muassasalari xodimlariga
O‘z tajribangizni oshirish va kasbiy mahoratingizni rivojlantirishni istaysizmi?
- Sizning OTMingiz Erasmus+ dasturining yevropalik ishtirokchilari bilan hamkorlik bo‘yicha bitimlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda siz muayyan muddat davomida (5 kundan 2 oygacha) chet el ta’lim muassasasida dars berish yoki unda malaka oshirish uchun professional ta’lim olish imkonini beruvchi grant so‘rashingiz mumkin.
- Shuningdek, ushbu bitim asosida sizning universitetingiz ham Yevropa ta’lim muassasalarining xodimlarini qabul qilishi mumkin.Grant so‘rash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan ta’lim muassasangizning Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.
- Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari ham «Erasmus Mundus»ning qo‘shma magistrlik dasturining istalgan amaldagi kursida ishtirok etish uchun so‘rovnoma berishi mumkin.
Butun dunyoning ilmiy xodimlari uchun ochiq bo‘lgan ushbu tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnoma bevosita qo‘shma dasturni amalga oshiruvchi konsortsiumning o‘ziga topshiriladi. Kurslar ro‘yxatini bu yerda ko‘rish mumkin: http://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/jointmasterdegrees
Jean Monnet dasturi tadbirlari
Yevropa integratsiyasi sohasida dars berish yoki tadqiqot ishini olib bormoqchimisiz?
Talaba va xodimlar uchun stipendiyalar – bu Erasmus+ dasturi taklif etayotgan barcha imkoniyatlarning faqatgina bir qismidir.
Ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling:
ERASMUS+ dasturi
ec.europa.eu/erasmus-plus
eacea.ec.europa.eu
facebook.com/EUErasmusPlusProgramme
Twitter: #EUErasmusPlus
«Mariya Sklodovskaya-Kyuri» dasturi tadbirlari:
ec.europa.eu/msca
facebook.com/Marie.Curie.Actions