Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Tempus III

Tempus III dasturi (2000-2006)

Tempus III dasturi doirasidagi hamkorlikning asosiy kaliti bu 2 va 3 yillik Qo’sma loyihalar va Strukturaviy choralar, shuningdek, yakka tartibdagi safarbarlik grantlaridir.

1. Qo’shma loyihalar konsortsium asosida amalga oshirilgan, uning tarkibiga Evropa Ittifoqining va hamkor davlatlarning oliy ta’lim muasassalari kiradi. Loyihalarda noakademik tashkilotlar ham ishtirok etdi.
  • O’quv dasturlarni ishlab chiqish loyihalari yangi o’quv kurslarni ishlab chiqish yoki mavjud bo’lgan o’quv kurslarni yangilash, professor-o’qituvchilarning malakalarini oshirish va o’qitishning ilg’or usullarini tadbq etish;
  • Universitetlarni boshqarish loyihalari oliy ta’lim muasassalarning boshqarish tizimi va tashkillashtirishni takomilashtirish;
  • O’quv kurslar institutsional qurilishni qo’llab-quvvatlashda hamkor davlatlarda ma’muriy va muassasa tuzilmalarini takomillashtirish hamda noakademik sohasidagi xodimlarning amaliy bilim va ko’nikmalarini yaxshilash uchun kurslar tashkil etish.
2. Strukturaviy Choralar oliy ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirilayotgan va ilg’or tajribalarni keng tarqatilayotgan bir paytda qisqa muddatli ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarini yaratib berdi. Tempus dasturining Strukturaviy Choralar qisqa muddatli loyihalariga talabnomalarni topshirishda taqdim etish borasida shartli ravishda Ta’lim vazirligi yoki bevosita hamkor-tashkilot sifatida loyiha konsortsiumida ishtiroki to’g’risidagi yozma ravishdagi ruxsat bo’lishi zarur edi.
3. Yakka tartibdagi safarbarlik grantlari Oliy ta’lim muassasalarning professor-o’qituvchi va ma’muriyat hodimlari uchun Evropa universitetlarida qisqa muddatli safarlar tashkil qilishdan iborat edi. Ular quidagi 3 ta yo’nalish bo’yicha safarlarga yuborilgan: 1). Evropa qo’shma loyihalarida ishtirok etish uchun talabnoma tayyorlash; 2) konferntsiya yoki anjumanda qatnashish; 3) qayta tayyorlash, ta’lim olish, alohida o’quv yo’nalishi bo’yicha hamkorlik o’rnatish, ilg’or tajribalarni keng qo’llash va tarqatish. 
Yakka tartibdagi safarbarlik grantlarida ishtirok etishda Tempus dasturining asosiy shartlari - bu oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan safarga borish to’g’risidagi ruxsatini olish hamda safarning maqsad va ish rejasining ma’qulligini tasdiqlash.
TEMPUS III O’zbekistonda
Tempus dasturi o’zining faoliyatini Samarqand va Toshkentda 6 tayyorlov loyihalarini amalga oshirilishidan boshlangan, hozirgi kunga kelib respublikaning barcha jabhalarida keng amalga oshirilmoqda. Dasturning uchinchi bosqichida umumiy byudjet qyimati 2000 yildan 2006 yilgacha 17.4 mln.evrodan 11.2 mln.evro tashkil qilib, 1994 yildan boshlab 65 loyihalar amalga oshirildi.
Tempus dasturi doirasida turli yo’nalishlarda hamkorlik o’rnatilmoqda: universitetlarni boshqarish, amaliy ilm va texnologiya, gumanitar va jamiyat ilmi, iqtisodiyot, menedjment va biznes, ta’lim va o’qituvchilarni tayyorlash, institutsional qurilish, qishloq ho’jaligi va oziq-ovqat ilmi, tibbiyot, ishlab chiqarish bilan integraciya hamda mintaqaviy hamkorlik.
Dasturning samarali faoliyat olib borishi va uning oliy ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlar borasida qo’shayotgan hissasini hisobga olgan holda hamda talabnomalar soninig ko’payishi va ularning sifati yuqori bo’lganiga asoslanib Tempus byudjetining miqdori oshishiga sabab bo’ldi.
Tempus dasturining Evropa qo’shma loyihalari doirasida amalga oshirilgan o’quv dasturlarni ishlab chiqish loyihasining muhim ahamiyati bu Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi bilan bevosita amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi hamda uni 2 bosqichli oliy ta’lim tizimiga tadbiq qilish. Hozirgi kunda respublikaning 3 oliy ta’lim muassasalarida oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash va kimyoni o’qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish bo’yicha yangi magistratura dasturlarini ishlab chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda.
7 ta loyiha universitetlarni boshqarish sohasiga oid bo’lib, ular halqaro aloqalar bo’limini yaratish yo’li bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirishga va hodimlarni o’qitishga qaratilgan. Toshkent va Namanganda ishlab chiqish bo’limlari zarur asbob-uskunalar bilan yoritilgan hamda Andijon va Toshkentda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan.
Shuningdek, Tempus dasturi doirasida bir qator oliy ta’lim muassasalarida quidagi yangi markazlar tashkil etildi: Toshkent davlat agrar va O’zbekiston Milliy universitetlarida - Ta’lim sifatini ta’minlash markazlari; Toshkent tibbiyot akademiyasida - Amaliy klinik usullarni o’rganish bo’yicha markaz; Toshkent avtomobil-yo’llari institutida - Axborot texnologiyalari markazi. 
Tempus dasturi oliy ta’lim muassasalar va ishlab chiqarish, noakademik sektor o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda katta hissa qo’shdi, ya’ni 22 turli tashkilot va muassasalar loyihalarda qatnashdi. Masalan, Toshkent davlat texnika universitetida (TDTU) energetika sohasidagi menejment yo’nalishi bo’yicha yangi o’quv kursi ishlab chiqildi hamda mahalliy sanoat tashkilotlari o’z qiziqishlarini bildirdi, va o’z navbatida tashkilotlar hodimlari universitet o’qituvchilari tomonidan malakalarini oshirdilar. TDTU komandasi navbatdagi loyihada ishtirok etishni davom etib, energetika sohasida universitet tarmog’ini ishlab chiqishga qaratilgan bo’lib unda Rossiya, Ukraina, Qirg’iziston va Qozog’iston hamkorlari bilan ish olib borilmoqda.
O’zbekistonda institutsional qurilish sohasida birinchi marta amalga oshirilgan “MATADOR” loyihasi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’qituvchilari tomonidan menedjment sohasidagi kichik va o’rta biznes tadbirkorlari uchun qisqa muddatli amaliy kurslarini ishlab chiqdilar. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hodimlari va kasb-hunar kolledjlar o’qituvchilari tabiatni muhofaza qilishni baholash va monitoring qilish bo’yicha malaka oshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Bir qator Qo’shma loyihalar va Stukturaviy choralar loyihalari doirasida Evropa Ittifoqi davlatlarida Boloniya Jarayonining amalga oshirilishi, ta’lim sifatini ta’minlash tamoyillarini tadbiq etilishi, ECTS hamda talabalar mustaqil ta’lim olish to’g’risidagi ma’lumotlar respublika oliy ta’lim muassasalarida keng yoritildi va ommalashtirildi.
Markaziy Osiyo va uning atrofidagi davlatlararo hamkorligi
Tempus dasturi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishida ahamiyatli hissasini qo’shdi va  Ukraina, Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston va Mongoliya davlatlarining oliy ta’lim muassasalari va noakademik tashkilotlari ishtirokida energetika, yer resurslarini boshqarish, ijtimoiy iqtisodiyot va turizm sohalarida 4 loyiha amalga oshirildi.
Oziq-ovqatning havfsizligini ta’minlash bo’yicha yangi o’quv dasturini ishlab chiqish loyihasida Toshkent kimyo-texnologiya va Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyalari institutlari hamda Alma-ata texnologik universitetlari ishtirok etishdi.  
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maxsus modelini ishlab chiqish loyihasida Savdo sanoat palatasi, Andijon muhandislik-iqtisodiyot, Andijon qishloq ho’jaligi, Toshkent moliya institutlari hamda Sankt-Peterburg elektrotexnika va Osh davlat universitetlari ishtirok etishdi.
Safarbarlik
Tempus dasturi doirasidagi loyihalar yosh va yoshi katta insonlarga, o’qituvchilar va talabalar, ma’muriyat, vazirlik hodilmari va noakademik hamkorlar uchun malakalarini oshirish, o’quv dasturlarni hamkorlikda modernizatsiya qilish va o’quv materiallarni yangilash maqsadida Evropa universitetlariga tashrif buyurish imkoniyati yaratib berilgan edi.
Evropa universitetlarida malakalarini oshirish maqsadida yakka tartibdagi safarbarlik grantlarini qo’lga kiritib hamda uzoq muddatli loyihalar doirasida qo’shimcha stajirovkalarda ham O’zbekistonning 109 nafar professor-o’qituvchi va vazirlik hodilmlari ishtirok etishdi.
O’zbekistonga 13 ta Evropa loyiha hamkorlari halqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo’lida o’qitish va tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi.
Inson resurslarini rivojlantirish
Tempus III dasturi doirasida O’zbekiston ta’lim muassasalari o’qituvchilari tomonidan loyihalarni bir necha marotaba muvofiqlashtirishni amalga oshirish imkoniyati bo’ldi, shuningdek loyihani amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish va mustahkam natijalarni keng tarqatishda yordam berdi. 
Shuni ta’kidlash joizki, Tempus dasturi loyihalarining ish tajribasi loyihalar menedjmentida tubdan yangilanishda o’zini aks etdi hamda bu talabni tahlil qilishga, real asosda va aniq muhtojga zarur choralarni rejalashtirishga ko’mak berdi.
Respublika viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarning ishtiroki
Respublikaning turli viloyatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalar Tempus dasturi loyihalarida ishtirok etib nafaqat Evropa hamkorlari bilan aloqa o’rnatdi, balki respublikaning OTMlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. Masalan, Toshkent, Andijon, Samarqandda joylashgan 4 qishloq ho’jaligi oliy ta’lim muassasalari qishloq ho’jaligi iqtisodiyoti, ekologiya va yer resurslarini boshqarish loyihalarini amalga oshirdi. Qarshi, Urgench va Nukusning 3 oliy ta’lim muassasalari birgalikda amaliy ekologiya sohasi bo’yicha magistratura dasturini ishlab chiqdi. 
2000 yilda Tempus dasturi doirasida Samarqand va Qarshi shaharlarida 2 axborot markazi tashkil etildi va ushbu markazlar o’qituvchi va talabalarning o’quv jarayonida axborot texnologiyalardan uzluksiz foydalanishiga asos bo’ldi.
Mustahkam hamkorlik
Tempus teng huquqli va manfaatli hamkorlik dasturi bo’lib, kelajakdagi halqaro hamkorlikni rivojlantirishda birinchi qadam qo’ygan dasturdir. Tempus dasturining moliyalashtirilishi yakunlanganidan so’ng respublika va Evropa oliy ta’lim muassasalarning aloqalari o’qituvchi va talabalar o’rtasidagi o’zaro alamashinuv, qo’shma risolalar ishlab chiqish, konferentsiyalarda ishtirok etish hamda qo’shma ilmiy faoliyati orqali amalga oshirilmoqda.
Tempus dasturining butun fayoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi loyihalarning erishish yo’lidagi va mustahkam natijalarni ta’minlashdagi ma’lumotlar keng ommaga tarqalishida yordam berib keladi.   
Loyihalar konsortsiumi tarkibining bevosita ishtiroki oliy ta’limni modernizatsiyalash jarayonida va ilg’or tajribalarni tadbiq etish va keng ommaga havola qilish borasida dasturning rolini yanada kuchayishiga sabab bo’ldi. 
Tempus dasturining loyihalari o’zining ma’lum darajadagi hissalarini qo’shdi:
  • Magistratura va bakalavriatura o’quv dasturlarining ishlab chiqilishi, ya’ni 2 bosqichli  ta’lim tizimiga tadbiq qilish;
  • O’quv materiallarning ishlab chiqilishi va yangilanishi;
  • Oliy ta’lim muassasalarni boshqarishda tuzilmani qayta ko’rib chiqish;
  • O’qituvchi va administrativ hodimlarning malakalarini oshirish, ya’ni yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish;
  • Ishlab chiqish va jamiyat bilan aloqalarni kuchaytirish;
  • Mustahkam akademik hamkorlikni tashkil etish.
Tempus dasturi O’zbekistondagi faoliyati davomida oliy ta’lim tizimining milliylashtirish jarayonidagi rivojlanishda muhim o’rin tutdi hamda mamlakatda ta’lim islohotlari amalga oshirilayotgan bir paytda ham yordam berdi.
Tempus dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalar raqamlari
(May, 2007 yil holatiga ko’ra)
Tempus dasturining yillar davomidagi ishtiroki
1994-2006
Tempusda ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalar
40
Noakademik sektor tashkilotlarining ishtiroki
22
Loyihalarning umumiy soni
67
Milliy Qo’shma Evropa loyihalari
27
Mintaqaviy Qo’shma Evropa loyihalari
5
Kompakt-loyihalar va dastlab loyihalar
19
Tarmoqli loyihalar (mintaqaviy bilan)
2(1)
Ilg’or tajribalarni keng qo’llash mintaqaviy loyihalar
1
Strukturaviy choralar
13
Evropa Ittifoqidan O’zbekistonga Yakka tartibdagi safarbarlik grantlari asosida tashrif buyurish
13
EI davlatlariga Yakka tartibdagi safarbarlik grantlari asosida tashrif buyurish
109
Tempus byudjeti 2000-2006 (mln. evro)
11.2