Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Tempus IV

Tempus IV (2007-2013)

Tempus bu G’arbiy Bolqon mintaqasi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor-davlatlarda oliy  ta’limni islohotlashtirishga qaratilgan va asosan universitetlararo hamkorlik loyihalari orqali ko’maklashuvchi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir.

Ushbu dastur oliy ta’lim tizimida umumyevropa jarayoni bilan hamkor-davlatlarning oliy ta’lim tizimi bilan ixtiyoriy ravishda integratsiyalashida yordam beradi. Shuningdek, OTMlararo hamkorlik bilan chegaralanmagan holda Tempus o’zaro aloqalarni o’rnatishga ham hissa qo’shadi.

Tempus loyihalari doirasida konsortsiumlar tarkibi asosan universitetlar yoki universitetlar assotsiatsiyalari tomonidan tashkil topadi va qo’llab quvvatlanadi. Noakademik hamkorlarning ham konsortsium tarkibiga kirish imkoni mavjud.

Tempus dasturi oliy ta’lim muassasalar va davlat tashkilotlari uchun ochiq, hamda oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va idoralar ishtirok etishlari mumkin.

Tempus IV (2007-2013) doirasida har yili bo’lib o’tadigan tanlov asosida Qo’shma loyihalar va Strukturaviy choralar moliyalashtiriladi. Tanlov natijalari dasturning web-sayitda mavjud. 6-chi tanlov doirasida tanlab olingan 3-yillik loyihalar 2013 yilning dekabr oyida boshlandi va 2016 yilning dekabr oyiga qadar amalga oshiriladi.

O’zbekiston 1994 yildan buyon Tempus dasturida faol ishtirok etib kelmoqda. Ushbu muddat davomida Tempus loyihalari bir qator fanlar bo’yicha o’quv dasturlarning islohotlashtirishga qaratilgan hamda ular milliy mehnat bozorining talablariga javob berishiga o’z hissasini qo’shdi. Shuningdek, universitet boshqaruvi va oliy ta’lim muassasalari bilan korxonalar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga yordam berdi. Oliy ta’lim tizimi bo’yicha Milliy ekspertlar guruhini tashkil etish va shakllantirish orqali Tempus dasturi milliy darajada oliy ta’lim tizimini zamonaviylashtirishda yordam beradi.

1994 yildan boshlab Tempus dasturi doirasida 87 loyiha amalga oshirilayotgan bo’lsa, unda respublikaning 55 ta oliy ta’lim muassasalari, shu qatorda, 30 ta viloyat OTMlari ishtirokida 34 million evroga yaqin mablag’ ajratilgan.

Tempus IV dasturining 6 ta tanlovlar doirasida respublika oliy ta’lim muassasalari ishtirokida 30 loyiha moliyalashtirildi va bunga 16.6 mil.evro ajratildi. Bunda o’quv dasturlarni islohotlashtirish bo’yicha 14ta Qo’shma loyihalar (QL), “Oliy ta’lim va jamiyat” bo’yicha 7ta Qo’shma loyiha, boshqarishni isloh qilish bo’yicha 1 QL va 8ta Strukturaviy choralar.

1-chi tanlov (2008) doirasida 3 loyiha: AIDA, PERSEUS, NMPLIS

2-chi tanlov (2009) doirasida 4 loyiha: CANDI, HEICA, SWAN, UNIQTOOL

3-chitanlov (2010) doirasida 3 loyiha: PROMENG, UnIvEnt, CIBELES

4-chitanlov (2011) doirasida 4 loyiha: QAPD, EPASAT, TERSID, ISMU

5-chitanlov (2012) doirasida 5 loyiha: QUEECA, GE-UZ, UZWATER, TuCAHEA, ENGITEC

6-chitanlov (2013) doirasida 11 loyiha: ITEDU, INOCAST, MACH, HIGHVEC, UNIWORK, DeTEL, SAMUz, PROMIS, MATcHES, UZDOC, UZHELTH

Yevropa Komissiyasining qaroriga muvofiq, O’zbekiston OTMlari uchun ajratilgan 5 million evro miqdoridagi qo’shimcha mablag’ 77 ta loyiha takliflaridan tanlab olingan 11ta loyiha uchun mo’ljallngan. 

Tempus IV loyihalarining asosiy yo’nalishlari, bu bir qator fanlarning o’quv dasturlarini modernizatsiya qilish (axborot-kutubxonachilik fanlari, informatika, suv resurslarini boshqarish, elektron ta’lim uchun muhandislik va pedagogik kompetentsiyalar, qishloq xo’jaligi texnologiyalari, atrof-muhit haqidagi fanlar, agrar menejmenti, mexatronika va boshqalar) hamda OTM va ishlab chiqarish tashkilotlar o’rtasida aloqalar o’rnatish, Boloniya Jarayonining tamoyillarini ol’ga surishdan iborat.

Tempus IV loyihalarida O’zbekistonning 47 ta oliy ta’lim muassasalari jalb qilingan, shu qatorda Toshkent shahrida joylashgan 18 OTMlar va respublikaning 10 viloyatlaridan (Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Andijon, Farg’ona va Qoraqolpog’iston Respublikasi) 29 OTMlar ishtirok etmoqda.

Tempus IV dasturining loyihalarida eng ko’p quidagi OTMlar ishtirok etmoqda: O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent avtomobil-yo’llari instituti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand qishloq xo’jaligi instituti, Buxoro muhandislik-texnika instituti, Farg’ona politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Qoraqalpoq davlat universiteti. 3 ta loyihada Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Andijon qishloq xo’jaligi instituti, Urganch davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti.

TDIU, TKTI, TDAU, JIDU, TurPU, AndDU, AndMI, JizPI, QarDU, NavDKI, SamDAQI - 2 tadan loyihalarni amalga oshirilmoqda.

TMI, TPTI, TTA, TXWU, O’zDJTU, TAQI, TDPU, TTESI, O’zDSMI, AndMII, BuxDTI, FarDU, JizPI, Qo’qDPI, NavDPI, SamDTI, AndDTI, NamDU, NamMPI, NamMTI, Nukusdagi TDAU filialida esa 1 tadan loyihalar mavjud. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamkor sifatida Tempus dasturining 12 loyihalarida ishtirok etib kelmoqda (AIDA, SWAN, UNIQTOOL, QAPD, TERSID, GE-UZ, TuCAHEA, ITEDU, UNIWORK, UZDOC, UZHELTH, SAMUz).

 

Dasturning to’rtinchi bosqichi doirasida Tempus loyihalarida ishtirok etayotgan noakademik tashkilot va idoralar soni ortdi, bular: Savdo sanoat palatasi, “Uzmetkombinat” AJ, “General Motors Powertrain - Uzbekistan” YoAJ, “Fergana-Azot” OAJ, “Elekrtoximzavod” AJ, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi, “NavoiAzot” OAJ, “JV MAN-Uzbekistan”, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi va bir qator muassasa va ishlab chiqarish korxonalar.

 

Tempus loyihalarida Yevropa Ittifoqiga 17 a’zo-davlatlarning 70 universitetlari va 6 noakademik tashkilotlari uzoq muddatli hamkorlikga asos solib ishtirok etib kelmoqda.

 

Dasturning to’rtinchi bosqichi doirasida universitetlararo hamkorligi hamkor-davlatlar o’rtasida kuchaydi: respublika OTMlari 10 hamkor-davlatlarning (Rossiya, Ukraina, Belarussiya, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston) 102 universitetlari, 43 noakademik tashkilotlari va respublikamizning OTMlar hamkorligidagi loyihalarda amalga oshirilmoqda.

 

6-chi tanlov uchun 5ta Markaziy Osiyo davlatlariga umumiy byudjet miqdorda 10 million evro ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mintaqaviy byudjetdan tashqari Yevropa Komissiyasining qaroriga ko’ra, O’zbekiston OTMlari ishtirokida Tempus milliy loyihalarini moliyalashtirish maqsadida qo’shimcha 5 million evro ajratilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Tempus dasturining 6-chi tanlovida qatnashish uchun O’zbekiston OTMlari ishtirokida 77 loyiha takliflari taqdim qilingan.

 

 

Tempus dasturidan Erasmus+ dasturiga

 

Tempus dasturining samarasi va erishilgan natijalaridan kelib chiqib, 2014 yildan boshlab 6 yilga mo’ljallangan Yevropa Ittifoqining ta’lim sohasi bo’yicha tashqi hamkorlik yangi dasturini ishlab chiqish muhokamalarida tan olindi. 2011 yilning 23 noyabrida 2014-2020 yillar uchun Erasmus barcha uchun (Erasmus for All) yangi dasturi ilk bora Yevropa Komissiyasining Yevropa Sovetiga muhokama uchun taqdim etilgan edi. Taklifni tayyorlash jarayonida Tempus dasturning formatini va asosiy xarakteristikasini qo’llash hamda hamkor-davlatlardagi oliy ta’lim muassasalar uchun keng imkoniyatlarining mavjudligi inobatga olindi. Aynan institutsional hamkorlik bo’yicha taklif qilinayogtan “Capacity Building Projects” Tempus formatiga o’xshashdir.