Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Asosiy vazifalar

Erasmus+ Milliy Ofisi (NEO) - Ta’lim, Audiovizual vositalari va madaniyat ijroiya agentligi (EACEA) yordamida oliy ta’lim sohasidagi milliy siyosatni inobatga olgan holda Tempus va Erasmus+ dasturlari amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va uning faoliyatini to’ldirishdan bo’lak, potentsial ishtirokchilar, mahalliy hamkorlar va barcha qiziqish bildirgan taraflar hamda EACEA va Yevropa Komissiyasining oliy ta’lim sohasiga oid dasturlarni taqdim etish bo’yicha NEO axborot markazi sifatida ham faoliyat olib boradi.

Erasmus+ milliy ofislar Tempus va Erasmus+ dasturlarining ta’sirini, samarasini va ahamiyatini oshirish NEOning umumiy maqsadlaridandir.
 
NEO tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan natijalar:
 
  • Erasmus+ dasturi haqidagi ma’lumotlarni yoritish va Yevropa Ittifoqining oliy ta’lim sohasidagi dasturlar bilan tanishtirishni kuchayturish;
  • Mahalliy potentsial ishtirokchilariga va loyihalarda ishtirok etayotgan vakillarga axborot berish va qo’llab-quvvatlash;
  • Erasmus+ va Tempus dasturlarida ishtirok etayotgan barcha tomonlarga yordam berish;
  • Monitoringni o’tkazish bo’yicha rejani bajarish. Turli bosqichda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini o’tkazish. Loyihaning keyingi bosqichlarida zarur bo’ladigan tavsiyalarni taqdim etish;
  • EACEAning tanlov jarayonida yuboriladigan talabnomalar bo’yicha izohlar taqdim etish;
  • EACEA yoki Komissiyaning Bosh Direktoratlarning so’rovnomalari asosida tadqiqot, tahlil, statistik ko’rsatkichlarni yig’ish, oliy ta’lim sohasi bo’yicha hisobot tayyorlash;
  • EACEAga hamkor-davlatda tadbirlar o’tkazishda yordam berish;
  • Oliy ta’lim sohasini islohotlashtirish bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi faoliyatini olib borishda yordam berish;
  • Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hususida NEO web-saytlarida ma’lumotlarni va materiallarni joylashtirish va yoritish.