Yevropa Ittifoqi davlatlarida "OTMlar baynalminallashuvi" Yevropa oliy ta’lim milliy tizimini moslashtirish yo`llarini izlashga bo‘lgan ehtiyotkorona urunishlardan boshlangan. 1974 yilgi uchrashuvda Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim vazirlari ta’lim sohasida Umumyevropa siyosatini belgilab bergan qarorni qabul qilishdi va bu qaror keyinchalik boshqa hujjatlar bilan mustahkamlanib bordi.
1998 yili Parij universitetining 800-yilligini nishonlashga yig‘ilgan to‘rtta ta’lim vaziri Sorbon deklaratsiyasini imzoladi. Mazkur hujjatda Yevropada oliy ta’lim uyg‘unlashuvining jiddiy zaruriyati o‘z aksini topgan.
Keyinroq, 1999 yilning 19 iyunida, 29 ta mamlakat vakillari Ta’lim vazirlarining qo‘shma deklaratsiyasi – “Oliy ta’limning Yevropa hududi” to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Mazkur bitim orqali ushbu dasturni 21 asrning birinchi o‘n yilligi yakuniga qadar amalga oshirish hamda butun dunyo bo‘yicha oliy ta’limning yevropacha tizimini ilgari surish ko‘zda tutilgan.
Agar 2010 yilga qadar Boloniya jarayonining asosiy maqsadi, Leuven/Louvain-la-Neuve bitimida qayd etilganidek, Oliy ta’limning Yevropa hududini o`ziga munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat bo‘lsa, keyingi o‘n yillik uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar belgilanadi:
• Ijtimoiy o‘lchov;
• Uzluksiz ta’lim;
• Mehnatga layoqatlilik;
•Markazda talabalarni o‘qitish;
• Ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalar;
• Mobillik;
• Ma’lumotlarni yig‘ish;
• Shaffoflikning ko‘p o‘lchovli vositalari;
• Moliyalashtirish.
Shunday qilib, 2009-2012 yillar uchun quyidagi yo‘nalishlarda ishchi guruhlar tuzildi:
• Ijtimoiy o‘lchov;
• Malakalar tizimi;
• Xalqaro ochiqlik;
• Mobillik;
• Tan olish;
• Boloniya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha hisobot;
• Shaffoflikni ta’minlovchi mexanizmlar.
Va boshqa tarmoqlar:
• ЕНЕА ma’lumotlar va xizmat bo‘yicha siljish tarmog‘I;
• Yevropada talabalarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ekspertlar tarmog‘i - NESSIE;
• Milliy malakalar ramkasi tarmog‘i.
Oliy ta’limning Yevropa hududi dasturi ishga tushirilgandan so‘ng Boloniya jarayoni yangi bosqichda, yanada chuqurlashtirilgan hamda asosiy e’tiborni davlatlardagi amalga oshirish bilan bog‘liq holda harakatlanmoqda. Boloniya siyosatining uchinchi Forumining asosiy mavzusi “Boloniya jarayoni uchun: Milliy, mintaqaviy va global Oliy ta’lim hududini barpo etish va aloqasini yo‘lga qo‘yish”dan iborat edi. Shu bilan bir qatorda kelajakdagi yondashuvlarni belgilab beruvchi quyidagi to‘rtta mavzu bo‘yicha muhokama keng yo‘lga qo‘yildi:
• milliy va mintaqaviy kesimda oliy ta’lim uchun ijtimoiy mas’uliyat;
• Global akademik mobillik: rag‘bat va to‘siqlar, shuningdek, qoldiq va mos kelmaslik;
• Oliy ta’lim sifatini oshirishga global va regional yondashuv;
• Oliy ta’limdagi islohotlarning bitiruvchilar ishga joylashuviga ta’siri.
Vazirlar konferensiyasi
O‘tkazilgan joyi |
Muddati |
Qabul qilingan hujjat |
Boloniya |
18-19-iyun 1999 yil |
Boloniya deklaratsiyasi |
Praga |
18-19-may 2001 yil |
Praga Kommyunikesi |
Berlin |
18-19-sentabr 2003 yil |
Berlin Kommyunikesi |
London |
17-18-may 2007 yil |
London Kommyunikesi |
Leven/Luven-la-Nev |
28-29-aprel 2009 yil |
Leven/luven-la-Nev Kommyunikesi |
Budapesht/Vena |
10-12-mart 2010 yil |
Budapesht-Vena Kommyunikesi |
Buxarest |
26-27-aprel 2012 yil |
Buxarest Kommyunikesi |
Yerevan |
14-15-May 2015 |
Yerevan Kommyunikesi |
Ta’lim vazirlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishni ta’minlash uchun Oliy ta’limning Yevropa hududi bir nechta tayanch qurilmalardan foydalanadi.
2015 yilning 14-15 may kunlari Yerevanda Yevropa oliy ta’lim hududi davlatlari vazirlarining konferensiyasi bilan birga to‘rtinchi Boloniya Forumi bo‘lib o‘tdi. Shuni ta’kidlash kerakki, vazirlar konferensiyasi har ikki yilda o‘tkaziladi va uning natijalari qo‘shma bayonot shaklida ishtirokchi davlatlarda Boloniya jarayonini yanada rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur forumda Yerevan Kommyunikesi va Boloniya siyosati Forumining to‘rtinchi deklaratsiyasi qabul qilindi.