Boloniya jarayoni
Boloniya jarayoni YuNESKO, Yevropa Kengashi, Yevropa Komissiyasi hamda Yevropa hududidagi milliy hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirgi kunda Boloniya jarayoni 57 ta a’zodan iborat: 48 ta davlatdagi 49 ta oliy ta’lim tizimi (shu jumladan, Belgiyaning flamand va fransuz birlashmasi), Evropa komissiyasi hamda 7 ta maslahatchi-a’zo. Boloniya jarayoni bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtirish guruhi tomonidan tashkil etilgan Yevropa Komissiyasi ko‘magida jarayonning turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ko‘plab konferensiya va seminarlar tashkil etilgan
Boloniya jarayoni MDHda
Bugungi kunda MDH tarkibiga kiruvchi 11 davlatdan 7 tasi: Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova, Belarussiya va Qozog‘iston Boloniya deklaratsiyasini qabul qilgan rasmiy a’zolardan hisoblanadi. Boshqa davlatlarda Boloniya jarayoni tamoyillarini faol muhokamasi amalga oshirilmoqda va uning o‘ziga xosliklarini hamda mazkur tamoyillarni turli davlatlarda qo‘llanishi diqqat bilan o‘rganilmoqda.
O‘z mohiyatiga ko‘ra Boloniya jarayonining barcha qoidalari ixtiyoriy tavsifga ega, biroq, ba’zi tamoyillari majburiy hisoblanadi. Agar Boloniya jarayonining majburiy bo‘lgan qoidalariga murojaat qiladigan bo‘lsak, MDH davlatlarida ulardan ba’zi birlari amalga oshirilmay, faqat qog‘ozda qolganini kuzatishimiz mumkin. Shunga qaramay, ushbu mamlakatlar umumjahon ta’limiy hududga a’zo bo‘lish uchun qadam tashlash bilan bir qatorda, mazkur yo‘nalishda bir qator islohotlarni amalga oshirib, sezilarli yutuqlarga erishdi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy ta’lim tizimi va Boloniya deklaratsiyasi tamoyillarining qiyosiy tahlili
Yevropa komissiyasi tomonidan 2012 yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida Boloniya deklaratsiyasiga moslik darajasi quyidagicha:
- 3 siklli Boloniya tizimi;
- Kreditlarni o‘tkazishning yevropacha tizimi (ECTS);
- Boloniya diplom ilovasi;
- Malakalarning milliy ramkasi(NFQ);
- sifat ta’minoti mexanizmlari;
- Chet elda olingan malakalarni tan olish.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini mazkur jarayon bilan qiyoslanganda shuni yodda tutish kerakki, Boloniya jarayoni tamoyillari va yo‘nalishlarini qabul qilish ixtiyoriy hisoblanadi.