Oliy ta’lim bo‘yicha ekspertlar Milliy komandasi faoliyatining maqsadi va vazifalari
Oliy ta’lim sohasidagi Milliy komanda expertlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi taklifidan so‘ng, shuningdek, Erasmus+ milliy ofisi bilan kelishilgandan keyin O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamda Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat bo‘yicha ijroiya agentligi tomonidan tanlanadi va tasdiqlanadi.
Milliy komanda ekspertlari maqsadi – milliy ehtiyojlar va intilishlarni hisobga olgan holda Lissabon konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi maqsadlarinii alohida sohalarda ilgari surish va erishish uchun maxsuslashtirilgan bilimlar manbai sifatida faoliyat yuritish. Milliy komandalar Lissabon va Boloniya strategiyalari hamda ularning tashqi o‘lchamlarining xalqaro mohiyatini mustahkamlash va kengaytirishga hissa qo‘shadi.
Milliy komanda tomonidan amalga osiriladigan faoliyatning umumiy tavsifi quyidagilardan iborat:
Ekspertlar vazifasi
Milliy darajadagi vazifalar
Ekspertlar Lissabon Konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi strategiyalaridan kelib chiqqan holda o‘z mamlakatlari strategiyasi ishlab chiqish va islohotlarni belgilashda ishtirok etadi. Ular, shuningdek, noakademik tuzilmalar – sanoat, madaniy va ijtimoiy muassasalar bilan hamkorlikda lissabon Konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi doirasida milliy strategiyalarga mos kelgan holda strategik rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish uchun taklif qilinishi mumkin.
Xalqaro darajadagi vazifalar
а) o‘z mamlakatlaridagi MKEda mavjud bo‘lmagan maxsus konsultatsiya yoki tajribaga ehtiyoj sezgan milliy muassasalar Erasmus+ Milliy ofisi orqali joylarda yordam ko`rsatish uchun boshqa mamlakatdagi ekspertlarga murojaat qilishlari mumkin.
b) vaqti-vaqti bilan Komissiya milliy organlarga o‘z mamlakatlarida oliy ta’lim bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etayotgan boshqa ekspertlar uchun xalqaro darajadagi o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish uchun ekspert tayinlash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday kurslar barcha milliy komandalar a’zolari uchun umumiy kengash shaklida, yoki o`zaro hamkorlik va tashkiliy jihatlar imkoniyatidan kelib chiqqan holda milliy komandalarning maxsus guruhlari uchun tashkil qilinishi mumkin.