EMJMD 2020 stipendiya g'oliblarini tabriklaymiz!
10 sentyabr kuni "Erasmus Mundus Qo'shma magisterlik dasturlari" yo'nalishi bo'yicha Yevropa Ittifoqida 2 yil davomida magistraturada ta'lim olish uchun O'zbekistondan 14 nafar talaba stipendiya yutib olish imkoniyatiga ega bo'lganligi munosabati bilan Toshkentdagi Erasmus+ ofisi va O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi bilan hamkorlikda online uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv Zoom orqali tashkil etilib va NEOni YouTube kanalida joylashitirildi (t.ly/4teT).
Talabalar respublikamiz uchun muhim bo'lgan ta’lim yo'nalishlar bo'yicha tahsil olishadi, shu jumladan Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari, Ilg'or tizimlarni o'rganish, Sensor tarmoqlari va Smart Telekom, Tadqiqot va innovatsiya kabi yo'nalishlarni qamrab oladi. Shuningdek, dastur bitiruvchilari va ushbu tadbirni o'tkazishda yordam bergan hozirgi talabalarning hissasi yuqori baholanishini ta’kidlab o`tish lozim. Uchrashuvda Erasmus+ ofisining faoliyati, talabalar va bitiruvchilar uchun turli platformalar orqali aloqa o'rnatish imkoniyatlari, bitiruvchilar va hozirgi talabalarning magistrlik dasturida muvaffaqiyatini maksimal darajaga foydalanish bo'yicha maslahatlar va bir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ular Yevropada ikki yillik o'qishi davomida talabalar duch keladigan yoki duch kelishi mumkin bo'lgan maishiy va tashkiliy masalalarga to'xtalib o'tdilar.
O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining Muvaqqat ishlar vakili Yussi Narvi bo'lajak magistrantlar uchun tabrik nutqida so'nggi uch yil ichida 42 nafar O'zbekistonlik yoshlar ushbu dastur asosida tahsil olish uchun stipendiyalarni qo'lga kiritganlarini alohida ta'kidladi. Shu bilan birga, Erasmus+ ofisi koordinatori Aziza Abduraxmanova nutq so'zladi va stipendiantlarni iliq so`zlar bilan tabrikladi. Aziza Abduraxmanova o'z nutqida uchrashuvning asosiy maqsadi, bu hozirgi talabalar va EMJMD bitiruvchilari o'rtasida aloqalarni mustahkamlash va shu bilan ular o'rtasida hamkorlikni rivojlantirishga va tajriba almashishga ko'maklashish ekanligini ta'kidladi. Shu qatorda, har yili tashkil etiladigan axborot kampaniyasiga barchani jalb etish taklifini bildirdi. Shuningdek, o’z nutqi so’ngida Yevropaning turli universitetlarida ta’lim olish davomida bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan talabalar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga hissa qo'shishlariga umid bildirdi.
Uchrashuvning tantanali qismidan so'ng, Erasmus+ ofisi eksperti Qudratxon Baxadirov talabalar uchun Erasmus+ dasturining imkoniyatlari, talabalar uchun mavjud bo'lgan maxsus aloqa va hamkorlik platformalarini, shu jumladan Erasmus Mundus talabalari va bitiruvchilari Assotsiatsiyasi va Erasmus talabalar tarmog'ini batafsil tanishtirdi.
EMJMD bitiruvchilari va hozirgi talabalari Yevropadagi hayot va ta'lim haqidagi tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Uchrashuv yakuni samarali bo’ldi, undatalabalar dastur bitiruvchilari va hozirgi talabalarga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Shunday qilib, uchrashuv (Pre-departure Orientation Meeting) EMJMD talabalari va bitiruvchilari o'rtasida kelgusidagi hamkorlik va tarmoq uchun mustahkam poydevor yaratdi.