Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

2021 - Erasmus + Axborot kuni

2021 - Erasmus + Axborot kuni

Bugun, 2021 yil 21 aprel kuni Erasmus+ Axborot kuni onlayn tarzda bo'lib o'tdi.

Axborot kunida oliy o'quv yurtlari, vazirliklar va idoralar vakillari, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqiga a'zo-davlatlarning elchixonalari, shuningdek, respublikaning barcha oliy o'quv yurtlarini rivojlantirishga qiziquvchi tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining o'rinbosari janob Murodilla Xalmuhamedov, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Charlotte Adriaen xonim tomonidan qutlov nutqi so'zlandi.
 
Axborot kuni davomida  Bryusseldagi (Belgiya) Yevropa Komissiyasining Ta'lim, yoshlar, sport va madaniyat masalalari bo'yicha Bosh direktorati (Osiyo) siyosat bo'yicha rahbari janob Adrian Veale, Yevropa ta'limi va madaniyat bo’yicha Ijroiya Agentligi (EACEA)ning Erasmus Mundus dasturi menejeri Ghislaine Craeghs va Lotin Amerikasi, AQSh, Markaziy Osiyo, Turkiya va Italiya bo'yicha Jan Monnet EACEA loyihasi menejeri Victoria de Yturriaga Saldanha xonim tomonidan oliy ta'lim sohasida hamkorlik imkoniyatlari to'g'risida taqdimotlar taqdim etdi.
 
Milliy Erasmus+ ofisi tomonidan Erasmsu+ loyihalarining respublikaning oliy ta'lim rivojiga ta'siri to'g'risida tadqiqot hisobotini taqdim etdi.
 
Batafsil ma'lumot dasturda (UZ, EN), press-relizda (UZ, EN, RU) va quyidagi taqdimotlarda keltirilgan:
 
Erasmus+ impact in Uzbekistan, Aziza Abdurakhmanova
Jean Monnet Activities, Victoria de Yturriaga Saldanha
 
Erasmus+ axborot tadbirining video-yozuvi NEO YouTube kanalida mavjud https://www.youtube.com/watch?v=YxAViWuJbbE