Nukusda Erasmus+ axborot tadbiri
2021 yil 24 dekabr kuni Nukus shahridagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Erasmus+ milliy ofisi vakillari ishtirokida axborot seminari o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘z olganlar Erasmus+ dasturining ikkinchi davri 2021-2027-yillarga mo'ljallangan 2-chi tanlovi va ularning yangi qoida-shartlari, tanlov jarayonlari, loyiha takliflarini topshirish muddatlari, maqolalar tayyorlash, dastur yangiliklari xususida batafsil ma’lumotlar berdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, Qoraqalpog'iston oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilgan "DECIDE", "MAGNET" va "RUECVET" loyihalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi.