Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining Markaziy Osiyoga ta'siri mavzusidagi klaster uchrashuvi

Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining Markaziy Osiyoga ta'siri mavzusidagi klaster uchrashuvi

Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining  Markaziy Osiyoga ta'siri mavzusidagi klaster uchrashuvi
 
Erasmus+ dasturi Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur bo‘lib, Yevropa oliy ta'lim muassasalari va butun dunyo bo‘ylab hamkor mamlakatlardagi, shu jumladan Markaziy Osiyodagi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish orqali qo‘llab-quvvatlanadi. 
 
Joriy yilning 19-20 noyabr kunlari, Yevropa Komissiyasining Ta'lim, audiovizual vositalari va madaniyat Ijroiya agentligi (EACEA) tomonidan Markaziy Osiyoda CBHE loyihalarining ta'siri mavzusidagi mintaqaviy klaster uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir EACEA, Ta'lim va madaniyat Bosh Boshqarmasi hamda Markaziy Osiyoning 5 ta O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston dalatlaridagi Erasmus+ milliy ofislari tomonidan tashkil etildi. 
 
Uchrashuvni Ta'lim, audiovizual vositalari va madaniyat Ijroiya agentligi (EACEA) Erasmus+ dasturi bo‘limi rahbari Sophie Beernaerts ochib berdi. Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot (DEVCO) Bosh Direktoratining Markazi Osiyo va Mo‘g‘iliston bo‘yicha bo‘limi rahbari Nicholas Taylor o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy ta'limdagi hamkorlik mintaqaviy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida ta'kidladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinborsari O‘ktam Salomov o‘zining nutqida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi xalqaro hamkorlikning muhim tarmoqlaridan biri ekanligini, hozirgi kunda respublikaning 65ta oliy ta'lim muassasalarining dasturda ishtirok etayotganini ta'kidladi. O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi uchun so‘nggi 3 yil tub o‘zgarishlarning davri bo‘ldi va oliy ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha muhim qarorlarni qabul qildi, bu intensiv rivojlanayotgan xalqaro hamkorlikning dolzarbligi va muhim rolni sezilarli darajada oshirdi. 
 
Erasmus+ loyihalari ishtirokchilarining tajribasi va umuman olganda Yevropa davlatlarining tajribasi respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishga hissa qo‘shishi ta'kidlandi. 
O‘z nutqi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaizrligi Erasmus+ dasturi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini va uning oliy ta'limni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasini, oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha barcha Hukumat qarorlariga moslashuvchanligi va o‘z vaqtida konstruktiv munosabatini yuqora baholashini ta'kidladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegasiyasi Hamkorlik bo‘limi rahbari Francois Begeot O‘zbekiston ta'lim sohasini, xususan, oliy ta'lim tizimni kengaytirish va mustaxkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli va ulkan qadamlar belgilanganligini ta'kidladi.  So‘nggi 6 yil ichida, shubhasiz Erasmus+ loyihalari oliy ta'lim tizimning barcha tashabbuslariga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi va qo‘llab-quvvatladi. 
 
Ikki kun davomida yalpi majlislar va 5ta tematik seminarlar davomida ishtirokchilar loyihalar natijalari, ularni amalga oshirish yo‘lidagi qiyinchiliklar va muammolar,  mintaqaviy va mintaqalararo darajadagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2021-2027 yillarda amalga oshiriladigan yangi Erasmus dasturi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
 
Sizdan so'rovnomani 28-noyabrgacha to'ldirishingizni so'raymiz, uchrashuv davomida namoyish qilingan barcha taqdimotlar tadbir veb-saytida havolada joylashtirilgan https://erasmusplus.kg/ca_cluster_meeting/documents/
 
Uchrashuvni tashkil etish va uning mazmuni bo'yicha tadbirlarning sifatini baholash uchun anonim so'rovnomani to'ldiring, u uchrashuv web-saytida joylashtirilgan https://erasmusplus.kg/ca_cluster_meeting/survey_rus/https://erasmusplus.kg/ca_cluster_meeting/satisfaction-survey_eng/
 
Uchrashuv davomida taqdim etilgan ma'ruzalar bilan tanishingiz mumkin: