Ekspertlar guruhining yillik anjumani
2021-yil 20-dekabr kuni O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va Oliy ta'lim bo'yicha Ekspertlar milliy guruhi vakillaridan iborat delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni UrDU rektori B.Abdullayev va Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyevlar chuqur mamnuniyat ila kutib oldilar.
Shundan soʻng, ikki kunlik seminar ishining ilk kunida Erasmus+ Milliy guruhining ekspertlari, Xorazm viloyatidagi OTMlarning masʼul xodimlari hamda UrDU rahbariyati va Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari ishtirokida seminarlar oʻz ishini boshladi. Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev va Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisining koordinatori A.Abdurahmanovalar ochib berdilar.
Oliy ta’lim tizimi bo’yicha milliy ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan respublikadagi universitetlarning xalqaro reytingini oshirishga yordam berish, kadrlarni tayyorlash va oliy ta'limning innovatsion rivojlanish borasidagi ma’lumotlarni yetkazish, raqamlashtirish va ECTS, bitiruvchilarningishga joylashishi va oliy ta'limning inson resurslarini rivojlantirishga qo'shgan hissasi, ECTSning asosiy xususiyatlari shuningdek, Erasmus+ dasturining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishtirish maqsadida tashkil qilingan mazkur tadbirda mehmonlar tomonidan taqdimotlar orqali maʼlumotlar berildi.
Erasmus+ dasturining oliy ta'lim tizimidagi intensiv o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash va 2030-yilgacha oliy ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi vazifalarini amalga oshirishdagi faoliyati, oliy ta'lim milliy ekspertlar guruhining salohiyati hamda "Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari" jurnallarini taqdim etish, shuningdek, 2021-yil yakuni sarhisobi va 2022-yilga mo'ljallangan rejalar haqida ham ekspertlar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi.