Erasmus+ CBHE loyihasi ishtirokchilari bilan monitoring uchrashuvi
Bugun “MechaUz: Innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O’zbekistonda bakalavr darajasi uchun mextronika va robotexnikani modernizatsiya qilish (Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology)” loyihasining monitoring uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekistonning oliy ta’lim muassasalar komanda a’zolari faol ishtirok etishdi.
Loyihaning asosiy maqsadlari - mexatronika va robototexnika yo’nalishi rivojlangan mamlakatlarda ta’lim uchun o’quv dasturlarini tayyorlash va tahlili, yangi magistratura dasturini ishlab chiqish, yangi kurslar yaratish va O’zbekiston o’qituvchilari, ishchilari va muhandislari uchun treninglarni tashkil etishdan iborat.
Masalan, loyihaning 1-chi yil davomiyligida loyiha natijalarining barqarorligini ta’minlash borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi paramertlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq loyiha doirasida Andijon mashinasozlik institutida “Mexatronika va robototexnika” magistratura mutaxassisligi bo’yicha grant asosida talabalar qabul qilinadi. Shuningdek, Farg’ona politexnika institutida “Mexatronika va robototexnika” yo’nailishi bo’yicha bakalavriatga talabalar qabul qilinishi ko’zda tutilmoqda.
Loyiha komanda a’zolariga loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda davom etishni va 3 yilga rejalashtirgan ishlarini yuqori darajada olib borishida omad tilab qolamiz.