Erasmus+ Haftaligi 2021
2021 yil 11-16 oktyabr kunlari davomida Erasmus+ Haftaligi bo’lishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, 14-16 oktyabr kunlari butun dunyoda 3 kun davomida Erasmus kunlari (Erasmus Days) nishonlanadi.
Haftalik davomida O'zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi institutsional va individual hamkorlik imkoniyatlari, Erasmus+ loyihalari ishtirokchilari bilan intervyular, Yevropada ta'lim o’lish uchun stipendiyalar va hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar kabi ma’lumotlarni yetkazishga bag’ishlangan tadbirlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Erasmus+ Haftaligining tadbirlari haqidagi ma'lumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Haftalikda qatnashing va Erasmus+ dasturi imkoniyatlari va grantlari haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’ling!