Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ dasturining 2018 yil uchun tanlovi e’lon qilindi

Erasmus+ dasturining 2018 yil uchun tanlovi e’lon qilindi

 2017 yil 25 oktyabr kuni Erasmusdasturi doirasida turli  yo’nalishlari bo’yicha loyihalarda ishtirok etishga loyiha takliflarini  topshirish uchun tanlov e’lon qilindi.

Asosiy Yo’nalishlar (Key Actions) va Jean Monnet dasturida ishtirok etish shartlari haqidagi barcha zarur ma’lumotlar Erasmus+ dasturining asosiy web-saytida  joylashtilgan. 

 E’lonning matni,  ajratilgan byudjet va loyiha takliflarini topshirish muddatlari ko’rsatilgan ma’lumot bilan Yevropa Komissiyasining rasmiy jurnali (Official Journal of the European Union) orqali tanishish mumkin. 

Erasmus+ dasturi Yo’riqnomasi (Erasmus+ Programme Guide)  tanlovning asosiy ma’lumotlar manbasi bo'lib hisoblanadi. 

Loyiha takliflarini qabul qilish muddati:

Key Action 1

Mobility of individuals in the field of education and training – 1-fevral 2018 yil

Erasmus Mundus Joint Master Degrees – 15-fevral 2018 yil

Key Action 2

Capacity building in the field of higher education – 8-fevral 2018 yil

Jean Monnet actions

Chairs, Modules, Centres of Excellence, Support to Institutions and Associations, Networks, Projects – 22-fevral 2018 yil