2019/2020 o’quv yili uchun Erasmus+ dasturining “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education)” Yo’nalishi doirasida amalga oshirilayotgan bir qator loyihalari bo’yicha respublika oliy ta’lim muassasalarida yangi magistratura mutaxassisliklari uchun kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilmoqda.
Quyidagi loyihalar doirasida ajratilgan kvotalar soni asosida talabalar qabul qilinadi:
1. “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturlarini ishlab chiqish” loyihasi (www.reneseplus.uz):
Guliston davlat universitetida “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4ta joy grant
2. “CLASS: Markaziy Osiyo universitetlarida hisoblash lingvistika bo'yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi (http://erasmus-class.eu):
Urgench davlat universitetida “Kompyuter lingvistikasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4ta joy (2ta grant va 2ta kontrakt)
3. “SPHERA: Osiyoda amaliy sog’liqni saqlash va unga aloqador sohalardagi ta’limning professionallashuviga rag’bat” loyihasi (www.spheraproject.net):
Samarqand veterinariya tibbiyot institutida “Favqulotda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat sogl’ig’ini saqlash” bo’yicha 3ta grant
4. “INTRAS: Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda AKTga asoslangan yangi magistratura dasturlarini yaratish” loyihasi (http://intras.uz/) :
Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Intellektual transport tizimlari” doirasida 10ta grant
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari” bo’yicha 3ta grant
Toshkent temir yo’l transport muhandislari institutida “Intellektual transport tizimlari” doirasida 5ta grant
5. “Techreh: Reabilitatsiya texnologiyasi» loyihasi (www.techreh.unisannio.it):
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Tibbiyotda kompyuter tizimlari” bo’yicha 3 ta grant.