Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ loyihalarining faoliyati haqida yangilik

Erasmus+ loyihalarining faoliyati haqida yangilik

Erasmus+ dasturining bugungi kunda amalga oshirilayotgan "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish-CBHE" yo'nalishining  “HIEDTEC: Yangi texnologiyalar orqali Markaziy Osiyoda oliy ta'limni modernizatsiya qilish” loyihasida (https://hiedtec.ecs.uni-ruse.bg/)  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Boshqarmasining bevosita ishtiroki, Bolgariyaning Rusen universiteti rahbariyati va hamkorlari yordamida respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari innovatsion ta’lim texnologiyalari sohasi  materiallaridan foydalanish uchun virtual kutubxonasiga kirish imkoniyatini ochib berdi.    


Shu qatorda, 1 apreldan boshlab O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari distantsion ta’lim olishga o’tkazildi va HIEDTEC loyiha hamkorlari tomonidan taqdim etilgan maxsus platforma https://t.me/eduuz_online juda qulay keldi. Albatta, bu loyihaning samarali natijalarini keng ommaga tarqatishda bir misol va respublika miqyosida distantsion ta’limni rivojlantirishga katta hissasi qo’shilayotganidan dalolat beradi.