Erasmus+ seminari
2019 yil 2 iyul kuni respublika oliy ta’lim muassasalari Xalqaro aloqalar bo’limlarining vakillari uchun Erasmus+ seminari Toshkent arxitektura-qurilish institutining ko-working markazida bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Ekspertlar milliy guruhi bilan hamkorlikda Erasmus+ milliy ofisi tomonidan tashkil qilindi.
Tadbirda Toshkent va viloyatlar OTM prorektorlari, Xalqaro bo’limlar vakillari ishtirok etishdi. Seminar davomida qatnashuvchilar Erasmus+ dasturida O’zbekiston OTMlari uchu n mavjud imkoniyatlar: Oliy ta’limda salohiyatni oshirish, Kredit mobilligi, Erasmus Mundus qo’shma magisterlik dasturi, Jean Monnet va Maria Sklodowska Curie dasturlari bilan tanishtirib o’tildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar Erasmus+ Yo’nalishlarining imkoniyatlari haqida fikr almashishdi va O’zbekiston milliy universitetida amalga oshirilayotgan Kredit mobilligi loyihalarining ilg’or tajribalari bilan World-café formati doirasida muhokama qilindi.
Ushbu tadbir orqali Xalqaro aloqalar bo’limlarining Erasmus+ bilan hamkorlik imkoniyatlarini guruh va individuallar uchun keng yoritishda, shuningdek, turli xil Erasmus+ komponentlari bo’yicha OTMlardagi Xalqaro bo’limlarning salohiyatini oshirish va kuchaytirishga qaratildi.