Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti (MRDI) rahbariyati tashabbusi bilan joriy yil 17-may kuni institutda Erasmus+ axborot seminari bo’lib o’tdi. Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, hozirga qadar Tempus va Erasmus+ dasturlarida ishtirok etmagan MRDI institutining rahbariyati va professor va o’qituvchilarini Erasmus+ dasturi doirasida mavjud hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tansihtirish edi.