ОLIY TA’LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI №10
ОLIY TA’LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim expertlari milliy guruhining (Erasmus+ Higher Education Reform Experts-HEREs) Ilmiy - uslubiy jurnali
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritilgan.
Jurnalning maqsadi: oliy ta’lim sohasidagi progressiv usullar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolarni tahlil qilish va ma’lumot berish orqali oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish.
JURNAL RUBRIKALARI (MAVZULARI)
• Oliy ta’lim tizimi oldidagi zamonaviy muammolar (islohotlar jarayonida, pandemiya davrida va boshqa nostandart sharoitlarda ta’limning rivojlanishi);
• Oliy ta’limda kredit-modul tizimi (tushunchalar, kredit-modul tizimiga oʻtishda qoʻyiladigan talablar, kredit-modul tizimi sharoitida moliyaviy boshqaruv, oʻquv dasturlari, oʻqituvchilar va talabalarning harakatchanligi, xorijiy tajribani tahlil qilish, kredit-modul tizimining ijobiy va salbiy tomonlari, va boshqalar);
• • Oliy ta’lim muassasalarining avtonomiyasi (iqtisodiy, tashkiliy, texnik jihatlari, yetakchi davlatlar va Oʻzbekiston tajribasi, va boshqalar);
• Oliy ta’limda innovatsion usul va vositalar (xorijiy mamlakatlar, Oʻzbekiston universitetlari tajribasi, oʻqitish va dars berishning ilgʻor usullari, oʻquv jarayonini tashkil etish va oliy oʻquv yurtlarini boshqarish, oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish uchun AKTdan foydalanish, ta’lim platformalari);
• Oliy ta’limda kasbiy malakani oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash (ilgʻor malaka oshirish dasturlari, tajribasi, usullari va vositalari);
• Erasmus + dasturi (Oʻzbekiston Oliy ta’limida innovatsion usullarni qoʻllab - quvvatlashdagi dasturiy maqsadlar, Erasmus + ning Oʻzbekiston va xorijda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar tajribalari, HEREs guruhi a’zolarining xalqaro seminarlarda qatnashish natijalari haqidagi hisobotlari, Bolonya jarayonining tamoyillarini Oʻzbekistonda joriy etish va boshqalar);
• Oliy ta’limga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari (Oliy ta’limga sarmoya kiritish mezonlari, xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekiston universitetlari tajribasi, moliyaviy menejment, investitsiyalar samaradorligi, oliy oʻquv yurtlarida moddiy va inson resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar).
MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
Jurnal respublikada oliy ta’limni rivojlantirish borasida yetakchi xalqaro ilmiy jurnallar qatorida boʻlishga da’vogar hisoblanadi. Kelgusida uning nashr etish davriyligi va tiraji oshirilishi va Scopus hamda Web of Science analitik tizimlari roʻyxatiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Shunga koʻra, jurnal maqolalariga qoʻyiladigan talablar ilmiy maqolalar rasmiylashtirish boʻyicha xalqaro standartlariga keltirilgan. Maqolalarga taqriz berish va baholash yanada malakali va xolisona boʻladi. Barcha mualliflardan jurnalga formati va mazmuni jihatidan xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy maqolalarni taqdim etishlari soʻrab qolinadi.
1. Tarkibga qoʻyiladigan talablar.
Tarkibiga koʻra, maqolalar jurnalning bir yoki bir nechta yoʻnalishlarini ochib berishi va asosiy mavzuga mos kelishi, oldin hech qayerda nashr etilmaganligi, tahliliy boʻlishi, ilmiy yangilik elementlarini oʻz ichiga olishi va oliy ta’limni rivojlantirish uchun foydali ma’lumotlarga ega boʻlishi kerak. Maqolalarni xalqaro talabilarga binoan rasmiylashtirish tavsiya etiladi - IMRAD (Introduction - Kirish, Methods - Usullar, Results - Natijalar, Discussion — Muhokama).
http://science-insight.com/analitika/imrad
2. Maqolalarga qoʻyiladigan talablar:
1) «Mualliflar haqida ma’lumot» (asl tilida alohida faylda)
• Ismi-sharifi (toʻliq)
• Lavozimi va ish joyi
• Shahar, mamlakat*;
• Ilmiy unvon, ilmiy daraja
• Tadqiqot sohasi (2 satrdan oshmasligi kerak)
• Elektron pochta
2) Maqolalar quyidagi shaklga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak:
MAQOLANING TUZILISHI:
Asl tilida:
• Ismi-sharifi (toʻliq)
• Maqolaning nomi KATTA harflarda
• Annotatsiya
• Kalit soʻzlar
• Maqola
• Adabiyotlar roʻyxati
Ingliz tilida:
• Ismi-sharifi (toʻliq)
• Maqolaning nomi KATTA harflarda
• Annotatsiya
• Kalit soʻzlar
FORMATI VA HAJMI
• Sahifalar soni – 10 dan 15 gacha, 1.0 intervalda
• Shrifti Times New Roman, 14
• Maqolaning asl tilida va ingliz tilidagi annotatsiya
• Kalit soʻzlar (5 dan 7 gacha soʻz yoki iboralar)
• Sahifalar chegarasi: yuqori, past, chap, oʻngdan – 2,5 см
• Sahifalarni raqamlash pastki oʻng burchakda
Annotatsiyaga qoʻyiladigan talablar (asl tilda va ingliz tilida)
Annotatsiya mustaqil matn boʻlishi kerak. Annotatsiya tadqiqot yoʻnalishiga emas, balki olib borilgan tadqiqotga bagʻishlangan boʻlishi kerak. Bu maqolaning qisqacha, ammo mazmunli sharhidir. Annotatsiyada formulalar, qisqartmalar, adabiyotlarga havolalar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Muhim! Annotatsiya bir paragrafda asl tilda - 500-600 belgidan (taxminan 100 ta soʻz), ingliz tilida - 1200-1250 belgidan (taxminan 200 soʻz) iborat boʻladi.
Adabiyotlar roʻyxatiga qoʻyiladigan talablar
Adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida, uzluksiz raqamlash bilan keltiriladi. Roʻyxatdagi manbalar matndagi kvadrat qavs ichidagi havolalarda beriladi, masalan, [12]. Adabiyotlar roʻyxati kamida 10 ta manbadan iborat boʻlishi kerak. Maqolaning matnida roʻyxatning barcha pozitsiyalariga havola qilinishi kerak va aksincha - havola qilingan adabiyotlar roʻyxatida koʻrsatilishi kerak. Havolalar berilganda bibliografik tavsifning tegishli standartlariga rioya qilinadi (masalan, GOST 7.1-2003 va boshqalar).
Maqolaga annotatsiya misoli
ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ.
РАЗВИТИЕ ВО ВРЕМЯ ПАНДЕМИИ.
(Rus tilida ismi-sharifi)
Аннотация. Пандемия COVID-19 внесла свои коррективы не только в систему здравоохранения и нашу личную жизнь, но и в систему образования. С одной стороны, имеется желание сохранить здоровье учащихся и педагогического состава, с другой – поддержать уровень преподавания и обучения на должном уровне. Для решения проблемы как никогда понадобились средства и методы дистанционного обучения и образования.
Цель статьи – на основе анализа опыта ЕС, США, Китая, других стран дать некоторые рекомендации по принятию решений по развитию дистанционного образования (ДО) во время пандемии COVID-19. Кроме того, автор сам испытал на себе все отрицательные и положительные аспекты проведения занятий в режиме онлайн и поделился своим мнением. Анализ этого "краткосрочного" периода показывает, что ДО имеет свои плюсы и минусы. Достоинства: экономия времени и финансов; снижение риска заражения; развитие технологий ДО; стимулирование преподавателей по подготовке электронных курсов; равные возможности у студентов получать знания. Недостатки: отсутствие непосредственного контакта со студентами; сложность индивидуальной работы и в группах; "эффект присутствия" у студентов; "активность" недобросовестных преподавателей; сложность оценки знаний; технологическое неравноправие у студентов; снижение активности научных исследований. Изучение опыта показывает, что этот период заставит пересмотреть отношение как к дистанционному обучению, так и к системе дистанционного образования в целом. Статья будет полезна для руководства и преподавателей вузов, которые организовывают и проводят курсы ДО во время пандемии COVID-19 и строят планы развития ДО на будущее.
Ключевые слова: дистанционное образование, пандемия COVID-19, информационные технологии в образовании, электронные курсы, онлайн обучение.
DISTANCE EDUCATION.
DEVELOPMENT DURING A PANDEMIC
(ingliz tilida ismi-sharifi)
Abstract. The COVID-19 pandemic has made adjustments not only to the health care system and our personal lives, but also to the education system. On the one hand, there is an intention to maintain good health of students and teaching staff, on the other hand, to keep teaching and learning process at the proper level. To solve the problem, more than ever, we need the means and methods of distance learning and education.
The purpose of the article is to provide some recommendations for decision-making on the development of distance education (DE) during the COVID-19 pandemic, based on the analysis of the experience of the EU, USA, China and other countries. In addition, the author himself experienced all the negative and positive aspects of conducting classes online and shared his opinion.
Analysis of this "short-term" period shows that DE has its pros and cons. Advantages: saving time and money; reducing the risk of getting sick; development of DE technologies; enhancement of teachers to prepare e-courses; equal opportunities for students to gain knowledge. Disadvantages: lack of direct contact with students; difficulty of individual work and in groups; "Presence Effect" of students; activity of unscrupulous teachers; complexity of knowledge assessment; technological inequality among students; decreased activity of scientific research.
The study of the experience shows that this period will make us reconsider the attitude both to distance learning and to the system of distance education as a whole. The article will be useful for university administrators and teachers who organize and conduct DE courses during the COVID-19 pandemic and make plans for future DE development.
Keywords: distance education, COVID-19 pandemic, information technologies in education, e-courses, online training.
Maqolaning asosiy matni
• Kirish (Introduction);
• Usullar (Methods);
• Natijalar (Results);
• Muhokama (Discussion);
• Xulosalar (Conclusions);
• Adabiyotlar (References).
Maqolalarni topshirish muddati - 20 oktyabr 2021 yil.
Tahririyat mavzu va rasmiylashtirish talablariga javob bermagan maqolalarni qabul qilmaslik huquqiga ega. Nusxalari qaytarilmaydi.