Mintaqaviy klaster uchrashuvi
Press-reliz
Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining Markaziy Osiyoga ta'siri mavzusidagi klaster uchrashuvi
Erasmus+ dasturi Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur bo‘lib, Yevropa oliy ta'lim muassasalari va butun dunyo bo‘ylab hamkor mamlakatlardagi, shu jumladan Markaziy Osiyodagi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
Joriy yilning 19-20 noyabr' kunlari, Yevropa Komissiyasining Ta'lim, audiovizual vositalari va madaniyat Ijroiya agentligi (EACEA) tomonidan Markaziy Osiyoda CBHE loyihalarining ta'siri mavzusidagi mintaqaviy klaster uchrashuvi tashkil etilmoqda.
Tadbir EACEA, Ta'lim va madaniyat Bosh Boshqarmasi hamda Markaziy Osiyoning 5 ta O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston dalatlaridagi Erasmus+ milliy ofislari tomonidan tashkil etiladi. Erasmus+ dasturining tashabbusi bilan mintaqaviy klaster yig‘ilishida 5 ta Markaziy Osiyo mamlakatlari loyiha koordinatorlari va guruh a'zolarini shu jumladan Yevropa Komissiyasi, Markaziy Osiyodagi Yevropa Ittifoqi delegasiyalari va Yevropadagi bir qator Erasmus+ miliiy agentliklari vakillari birlashadilar. Markaziy Osiyoning beshta davlatlari Ta'lim vazirliklari vakillari tadbirni ochib berishi kutilmoqda.
Mintaqaviy klaster uchrashuvi plenar sessiya va beshta interaktiv seminarlardan iborat va ular ingliz va rus tillarida olib boriladi. Tadbirda asosan CBHE loyihalarining ta'siri va barqarorligi shu jumladan, sifatni ta'minlash, o‘quv dasturlarini isloh qilish, maqbullik, universitetlarni xalqarolashtirish, universitetlar va biznes hamkorligi, mintaqaviy hamkorlik va Boloniya jarayoni doirasida oliy ta'lim islohotlarini ilgari surish kabi mavzular muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tadbir Markaziy Osiyoda xalqaro loyihalarni amalga oshirishdagi muammolarni aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Klaster uchrashuvi davomida CBHE loyihalari koordinatorlari va ishtirokchilari COVID-19 pandemiyasi davrida loyihalarni boshqarishdagi muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu mintaqaviy klaster uchrashuvining asosiy maqsadi, hozirgi Erasmus+ dasturi bo‘yicha tahlil va munozaralarni rag‘batlantirish va Yevropa Ittifoqining kelajakdagi ta'lim dasturini rivojlantirishga ham o‘z hissasini qo‘shadi.