Erasmus+ Milliy Ofisi tomonidan “Erasmus+ O’zbekistonda (2019)” nomli to’plamini nashrdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu to’plamda Erasmus+ "Oliy ta’limda salohiyatni oshirish" bo’yicha yakunlangan va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarga oid maqolalar chop etilishi ko’zda tutilmoqda (www.erasmusplus.uz).
Maqolalar shakllantirilayotganda quyidagi asosiy masalalar tahlilini e’tiborda tutishingizni so’raymiz:
Maqolalarda rasm va internet sayt manzillarining ko’rsatilishi o’rinli bo’lib, ushbu maqolalar mazmunini boyitishda ham xizmat qiladi. Shuningdek, rasm va sur’atlarga ta’riflar berilishi zarur. Iltimos shuni e’tiborda tutingki, mualliflar topshirilgan barcha materiallarga (matnning o’riginalligi, foto/ rasmlar va veb sahifalaridan foydalanish uchun ruhsat olinganligi va h.) ma’suldirlar. Mualliflarga materialni topshirishdan oldin kiritilgan matn originalligiga (agar talab etilsa karakli iqtiboslar kiritilsin), agar foto/rasm/grafik mavjud bo’lsa ularga tegishli ruhsatlari borligiga ishonch xosil qilishni tavsiya etamiz.
Agarda siz yuborgan maqolaning mazmuni, formati sifat jihatidan talabga javob bermasa, maqolaga o’zgartirish kiritishingizni so’rab siz bilan bog’lanishimiz mumkin.
Maqolalarni o’zbek, ingliz yoki rus tillarida topshirish mumkin. Maqolalarga qisqa annotatsiya ingliz, rus va o’zbek tillarida tayyorlangan bo’lishi shart.
Har bir loyihadan loyha natijalari va uning tahlillari haqidagi 3 betdan kam bo’lmagan kamida 2 dan maqola taqdim qilinishi so’raladi.
Maqolalarni topshirish bo'yicha format talablari quyidagicha:
Maqolalarni topshirishning so’nggi muddati – 15 avgust 2019 yil.
Maqolalarni yoki maqolalar bo’yicha savollaringizni book@erasmusplus.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Sizning maqolalaringiz ham mahalliy ham Yevropa hamkorlar uchun o’z loyihalarini amalga oshirishda va Erasmus+ dasturi doirasida yangi aloqalarni o’rnatishda juda katta ahamiyatga egadir.
Tempus dasturining rivojlanishiga va barqaror davomiyligiga qo’shayotgan hissangiz uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ilg’or tajribalaringiz bilan Erasmus+ dasturining yangi loyihalarini ishlab chiqishda juda foydali bo’lishiga ishonamiz.
Sizning maqolalaringizni “Erasmus+ O’zbekistonda (2019)” nomli to’plamida nashr etish uchun kutib qolamiz.