Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

“O’ZBEKISTON OLIY TA’LIMIDA KREDIT-MODUL TIZIMI” mavzusiga bag’ishlangan qator onlayn tadbirlar

“O’ZBEKISTON OLIY TA’LIMIDA KREDIT-MODUL TIZIMI” mavzusiga bag’ishlangan qator onlayn tadbirlar

2020 yil 8 avgust kuni “O’zbekiston oliy ta’limida kredit-modul tizimi: o'quv yiliga tayyorgarlik va yangi talablar” mavzusiga bag’ishlangan dastlabki webinarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari ishtirok etdi.

Ushbu webinarni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori va Oliy ta`lim bo`yicha ekspertlar milliy guruhi a`zosi Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna olib bordi. 
Webinarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat Inspeksiyasi rahbari Tashkenbayev Ulug`bek Ne`matovich “Ta`lim sifatini ta`minlashdagi dolzarb chaqiriqlar: kvalifikatsiyalar ramkasi va kredit-modul tizimi” mavzusidagi taqdimoti bilan davom ettirdi. U.N.Tashkenbaev o`z taqdimotida xorijiy davlatlarining ta`lim to`g`risidagi qonunchiligi, amaldagi ta`lim to`g`risidagi qonun bilan yangi tahrirda berilayotgan qonun o`rtasidagi tafovutlar, qonun loyihasiga qo`shimcha kiritilgan asosiy moddalar va yangiliklar, ta`lim muassasalarining ta`lim faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholashning institutsional tizimi, milliy reyting tizimi, milliy malaka tizimi haqida batafsil ma`lumotlar berib o`tdi. 
 
Navbatdagi taqdimotda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig`i A.A.Odilov O`zbekiston mehnat bozori tuzilmasi, kvalifikatsiya darajasi, kredit-modul tizimining ustunliklari, kredit-modul tizimidagi miflarga to`xtalib o`tdi. 
 
Webinarni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Oliy ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Aripjanov Madamin Maripovich “2020-2021 o`quv yilidan oliy ta`lim tizimida kredit-modul tizimining joriy etilishi“ mavzusidagi ma`ruzasi bilan davom ettirdi. A.M.Maripovich o`z ma`ruzasida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi “2020-2021 o`quv yilidan ta`lim jarayonini kredit-modul tizimiga o`tkazish to`g`risida”gi  № 357 sonli buyrug`iga ko`ra respublikamizda kredit-modul tizimiga o`tkazilayiotgan OTMlarda o`quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish borasida ma`lumotlar berib o`tdi.
 
Tadbirda taqim etilgan taqdimotlar bilan tanishishingiz mumkin:
 
 

Tadbirning video yozuvini quidagi manba orqali ko’rishingiz mumkin t.ly/hE9M