Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

O’zDJTUda DeTEL loyihasining yakuniy konferentsiyasi bo’lib o’tdi

O’zDJTUda DeTEL loyihasining yakuniy konferentsiyasi bo’lib o’tdi

2016 yilning 22 noyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tempus “DeTEL: O’qituvchilarni tayyorlashda on-line texnologiyalarini tadbiq etishga asoslanib evropa tillarini o’qitish tizimini takomillashtirish”/DeTEL: Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasining yakuniy konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Yalpi majlisni O’zDJTU rektori d-r G’anisher Rahimov ochib berdi va konferentsiya ishtirokchilarini samimiy qutlagan holda, DeTEL loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar, uning o’z vaqtida amalga oshirilganligi hamda amaldagi magistratura yo’nalishini modernizatsiyalashtirishdagi uning samaradorligi haqida gapirib o’tdi. Tashrif chog’ida mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan magistratura yo’nalishi bo’yicha o’qituvchilar uchun bir nechta seminarlar va treninglar tashkil etildi. Loyiha haqida batafsil malumot olish uchun http://tempus.samdchti.uz/  saytini ko’ring.