“O’zbekiston oliy ta’limida kredit-modul tizimini amalga oshirishning muammolari va asoslari” mavzusiga bag’ishlangan onlayn webinar
2020 yil 18 avgust kuni “O’zbekiston oliy ta’limida kredit-modul tizimini amalga oshirishning muammolari va asoslari” mavzusiga bag’ishlangan onlayn webinar tashkil etildi.
Ushbu onlayn tadbirda Ekspertlar milliy guruhi lideri prof. Marat Raxmatullaev moderator sifatida O’zbekiston oliy ta’limda kredit-modul tizimini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbollar haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishtirib o’tdilar.
Navbatdagi ma’ruzachi ekspert Nargiza Usmanova va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) “Ta`lim kredit tizimini boshqarish” bo`limi boshlig`i O`ktam Karimovlar “TATUda kredit-modul tizimini tadbiq etish tajribasi” mavzusidagi taqdimoti davomida kredit tizimining tadbiq etilishi, OTMlar akademik nufuzining ko`rsatkich parametrlari, Boloniya Jarayoni asosida ECTS sinov birliklarini joriy qilish mexanizmi, nomuntazam ta`lim trayektoriyasi haqida batafsil ma`lumotlar bilan tanishtirib o’tdilar.
Ekspertlar guruhining yana bir a’zosi Anora Jabborova “Jizzax davlat pedagogika instituti misolida kredit-modul tizimini o`quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish” mavzusidagi taqdimotida o`quv jarayonini rejalashtirish, o`quv yuklamalarni rejalashtirish, ECTS xalqaro miqyosida qo`llaniladigan atama va tushunchalar borasida to`xtalib o`tdi.
Onlayn tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ekspertlar tomonidan javob berildi va keyingi rejalashtirilayotgan seminarlar haqida qisqacha ma`lumot berib o`tilib, seminarga yakun yasaldi.
Tadbirning video yozuvini quidagi manba orqali ko’rishingiz mumkin https://clck.ru/QR4Ty
Tadbirda taqim etilgan taqdimotlar bilan tanishishingiz mumkin:
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kredit tizimini tadbiq etish tajribasi, Nargiza Usmanova, O'ktam Karimov
Kredit-modul tizimida o'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Anora Jabbarova