Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

O'zbekiston universitetlari uchun 5-tanlov doirasidagi yangi Erasmus+ oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari

O'zbekiston universitetlari uchun 5-tanlov doirasidagi yangi Erasmus+ oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari

Ta'lim, audiovizual vositalar va madaniyat ijroiya agentligi (EACEA) tomonidan "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish/ Capacity-Building in Higher Education (CBHE)" tanlovining natijalarini e'lon qildi. Tanlov 2018- yil oktyabr oyida e’lon qilingan bo’lib, loyiha takliflarini topshirishirish uchun muddat  2019 yil 7-fevralga qadar belgilangan edi.

Natijalar quyidagi sahifada berilgan: https://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/news/selection-results-capacity-building-in-the-field-of-higher-education-2019_en.

Dunyoning barcha ishtirokchi davlatlari tomonidan tanlovga taqdim qilingan jami 840 ta loyihadan 163 tasi tanlov komissiyasi tomonidan moliyalashtirish uchun tavsiya qilindi.

Markaziy Osiyo mintaqasi uchun 15 ta yangi loyiha jumladan, O'zbekistonning OTMlari ishtirokida 5 loyiha moliyalashtirish uchun saralandi.

Ta'kidlash joizki, respublikaning 14 ta OTMlari, shu jumladan Toshkent shahridagi 7 ta OTM va 6 viloyatdan 7 ta OTM, 2 ta milliy loyiha (1.8 mln. yevro), Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston ishtirokida 2 ta mintaqaviy loyiha (1.8 mln. yevro), hamda Falastin va Tunis (1,9 mln. yevro) universitetlari ishtirokidagi 1 ta mintaqalararo loyihada ishtirok etadi.

Yangi loyihalarda 13 Yevropa mamlakatidan 18 ta universitet, shuningdek, 5 ta hamkor davlatdan 13 ta universitet ishtirok etmoqda. OO’MTV 2 ta yangi loyihaga jalb qilinadi.

 

Yangi 5 loyihani hisobga olgan holda, Erasmus+ oliy ta'limda salohaiyatni oshirish loyihalarining umumiy soni 37 ta loyihaga yetdi va bu loyihalarda 51 ta mahalliy OTM ishtirok etadi. Bugungi kunda jami 26 ta loyiha va 150 dan ziyod amaldagi kredit mobilligi hamkorliklariga 61 OTM, shu jumladan Toshkent shahridagi 28 ta OTM va 11 viloyat va Qoraqalpog'istondan 33 OTM qamrab oladi.

Milliy rassomchilik va dizayn instituti, O’zbekistan davlat konservatoriyasi va Farg’ona politexnika instituti Erasmus+ dasturi doirasida ilk bor Yevropa universitetlari bilan ko’p yillik hamkorlikni boshlaydi. 

Barcha loyiha guruhlariga samarali hamkorlikni tilaymiz. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetini ilk grant oluvchi roli bilan tabriklaymiz!