Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

“O’zbekistonda 2015-2020 yillarda Erasmus+ dasturining ta’siri“ webinarining - 1-chi kun

“O’zbekistonda 2015-2020 yillarda Erasmus+ dasturining ta’siri“ webinarining - 1-chi kun

2021 yil 19 avgust kuni “O’zbekistonda 2015-2020 yillarda Erasmus+ dasturining ta’siri“ mavzusidagi onlayn webinari bo’lib ‘otdi. 
 
Tadbir Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Erasmus+ milliy ofisi va Ekspertlar milliy guruhi bilan hamkorlikdatashkil etildi. 
 
Tadbir davomida Erasmus+ dasturining O’zbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va modernizatsiya bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalari, Erasmus+ dasturining navbatdagi e’lon qilinadigan yangi tanlov uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar va noakademik tashkilotlarning ishtirok etishi va ularning roli kabi masalalar ko’rib chiqildi. 
 
 
 
 
Tadbirda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Elchisi Sharlott Adrian xonim, O’zbekiston Respubikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Oybek Shakhavdinov, O’zbekiston Respubikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Xalqaro hamkorlik Boshqarmasi boshlig’i Shukhrat Urunbayevlar ishtirok etdi.  
 
Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Sh. Adrian "Erasmus+ dasturining loyihalari oliy ta'limning yangi va innovatsion yo'nalishlarini joriy etishda, baynalmilallashtirish jarayonini kuchaytirishda hamda kredit-modul tizimini joriy etishda o’z hissasini qo’shganini ta’kidlab o’tdi.
 
Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Oybek Shakhavdinov Erasmus+ dasturi nafaqat Yevropa universitetlari, balki Markaziy Osiyo, MDHga a'zo davlatlar va dunyoning boshqa mintaqalardagi universitetlari bilan xalqaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlaridan biri ekanligi, Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida o'rnatilgan barqaror hamkorlik va aloqalar xorijdagi nufuzli universitetlarning filiallarini ochish, qo'shma fakultetlar va dasturlarni yaratish, fanlarni ingliz tilida o'qitishda katta yordam berganligini alohida urg’u berildi. Shuningdek, respublika universitetlarini Horizon Europe, Jean Monnet, Erasmus Mundus va Maria Sklodovska Curie dasturlarida ishtirokini kengaytirishni taklif qilindi.
 
OO’MTV Xalqaro hamkorlik Boshqarmasi boshlig’i Shukhrat Urunbayev Erasmus+ loyihalari aynan oily ta’limdagi dolzarb bo’lgan masalalarni yechishda yordam bermoqda, jumladan: 
 
-      Ta’lim sifatini oshirishl
 
-      Ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga ko’tarish;
 
-      Magistraturaning yangi ta’lim yo’nalishlarini ochish;
 
-      Zamonaviy ta’lim dasturlarini yaratish;
 
-      O’quv dastrular va qo’llanmalar yaratish;
 
-      Professor-o’qituvchilarning malaka oshirishi va Yevropadagi universitetlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish hamda Yevropalik  ekspertlar O’zbekistondagi universitetlarda ma’ruza o’qish uchun taklif qilish va treninglar o’tkazish;
 
-      OTMlarning moddiy-texnik bazasini yangilash va noyob jihozlarni sotib olish va xk. 
 
Shu qatorda, Erasmus+ dasturining keyingi bosqichi 2021-2027 yillarda OTMlar loyihalarni shakllantirishda yanada faol ishtirok etishi va oily ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga o’z hissasini qo’shishga taklif qildi. OTMlar bilan bir qatorda tarmoq vazirliklar va tashkilotlarni ham loyihalarga jalb qilish va ularning ham tajriba va bilimlarini yana bir pog’onaga ko’tarishga turki bo’ladi va tarmoq OTMlar bilan respublika miqyosida olib borilayotgan masalalar bo’yicha ish olib borish va loyihalarning barqarorlogini ta’minlashda o’z hissasini qo’sha olishi alohida aytib o’tildi. 
 
 
NEO vakillari tomonidan Erasmus+ dasturining ijobiy ta’siri, amalga oshirilayotgan CBHE loyihalarining yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar, yaratilgan yangi dasturlar, ECTS va ta’lim sifati hamda tarmoq vazirlik va tashkilotlarning Erasmus+ loyihalaridagi ishtiroki va afzalliklarga yo’naltirilgan taqdimotlar taqdim etildi. 
 
Tadbirda taqdim etilgan ma'lumotlar:
 
- press-reliz (UZ, EN)
 
O'zbekistonda Erasmus+ dasturining ta'siri, NEO eksperti Kudratkhon Bakhadirov
 
Erasmus+ CBHE loyihalarida noakademik tashkilotlarning o'rni, NEO loyiha menedjeri Gulshoda Karlibayeva
  
 
Tadbirning video-yozuvi NEO YouTube kanalida https://www.youtube.com/watch?v=w4csX_vQ9WM joylashtirilgan.