Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

“O’zbekistonda 2015-2020 yillarda Erasmus+ dasturining ta’siri“ webinarining 2-chi kuni

“O’zbekistonda 2015-2020 yillarda Erasmus+ dasturining ta’siri“ webinarining 2-chi kuni

2021 yil  20 avgust kuni “O’zbekistonda 2015-2020 yillarda Erasmus+ dasturining ta’siri“ mavzusidagi onlayn webinari davomi bo’lib ‘otdi. 
 
Webinarning ikkinchi kunida Oliy ta’lim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi a’zolari tomonidan siyosat va iqtisodiyot, oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar, qishloq xo'jaligi va sog'liqni saqlash sohalaridagi joriy islohotlarni e’tiborga olgan holda, oktyabr oyida e’lon qilinadigan yangi tanlov uchun taxminiy mavzular taqdim etildi. 
 
 
 
 
Shuningdek, bugungi kunda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, sog'liqni saqlash, siyosat va iqtisodiyot hamda qishloq xo’jaligi sohalarida dolzarb masalalar bo’yicha Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyihalari uchun taxminiy taklif va tavsiyalar taqdim etildi. 
 
 
 
 
 
Webinar davomida taqdim etilgan taqdimotlar: 
 
Kelajakda Oliy ta'lim bo’yicha CBHE Erasmus+ loyihalari uchun taxminiy mavzular, Gulchekhra Rikhsieva, HERE, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori
 
Kelajakda ilm-fan va innovatsiya bo’yicha CBHE Erasmus+ loyihalari uchun taxminiy mavzular, Professor Marat Rakhmatullaev, HERE, Toshkent Axborot Texnologiya Universiteti 
 
 
Kelajakda Sog’liqni saqlash bo’yicha CBHE Erasmus+ loyihalari uchun taxminiy mavzular, Igor Vikhrov, HERE, Innovatsion Markazining Elektron salomatlik bo’limi boshlig’i 
 
Kelajakda Davlat boshqaruvi va Iqtisodiyot bo’yicha CBHE Erasmus+ loyihalari uchun taxminiy mavzular, Olimjon  Astanakulov, HERE, O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, Islom iqtisodiyoti va kafedrasi  boshlig'i, Ziyorat turizm bo'limi
 
Kelajakda Qishloq Xo’jaligi bo’yicha CBHE Erasmus+ loyihalari uchun taxminiy mavzular, Farhod Akhrorov, Samarqanddagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiali 
 
 
 
Tadbirning video-yozuvi NEO YouTube kanalida www.t.ly/R0qn joylashtirilgan.