Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

O'zbekistonda Erasmus+ Haftaligi

O'zbekistonda Erasmus+ Haftaligi

2017-yil sentyabr oyida ilk bor tashkil qilingan Erasmus+ haftaligining samarali natijalarini inobatga olgan holda, 2018 yilning 14-18 may kunlari O’zbekistondagi Erasmus+ ofisi OTMlar va viloyatlar sonini kengaytirgan holda shu formatdagi tadbirlar qayta tashkil etildi.  Tadbirlar asosan individual qatnashuvchilarga mo’ljallangan bo’lib, Erasmus+ dasturiga jalb qilinmagan yoki faol bo’lmagan Oli ta'lim muassasalarda  bo’lib o’tdi. Qator tadbirlar Toshkent shahridagi 8ta  OTM va Nukus shahridagi 3ta OTMda, hamda O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasida seminar-treninglar, davra suhbatlari, radio eshittirishlar, viktorinalar bo’lib o’tdi. Shuningdek, Erasmus doirasida tahsil olgan/olayotgan talabalar uchun tanlov ham e'lon qilindi. Ular Facebookdagi sahifamizda o'zlarining rasmlari va videoroliklari bilan ishtirok etishdi. G'oliblar sertifikatlar bilan va an'anaviy "Xalqaro Kredit Mobilligi" yillik anjumaniga taklifnoma va maqolalar to'plamiga maqolalarini topshirish imkoniyati bilan taqdirlandi.

Seminar–treninglar davomida OTM va individual ishtirokchilar uchun Erasmus+ dasturida ishtirok etish imkoniyatlari haqida to’liq ma’lumotlar berildi; magistrlik loyihalariga muvaffaqiyatli xujjatlar topshirish, motivatsion xat yozish va tavsiyanomalar tayyorlash bo’yicha amaliy maslahatlar berildi. ICM loyihalari doirasida yangi ochilgan amaliyot o’tash imkoniyatlarga asosiy e’tibor qaratildi. Erasmus+ loyihalari ishtiokchilari va Erasmus Mundus bitiruvchilari o’zlarining taasurot va tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.

Shuningdek, “Siz Erasmus+ni bilasizmi?” deb nomlangan radioviktorinada tashkil qilinib, unda faol ishtirok etib va savollarga to’g’ri javob bergan ishtirokchilar esdalik sovg’lari bilan taqdirlandilar.