Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

SPACECOM loyihasining ilk uchrashuvi

SPACECOM loyihasining ilk uchrashuvi

2020 yil 4-5 mart kunlari moliyalashtirish uchun tanlab olingan Erasmus+ “SPACECOM: Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari” loyihasining birinchi uchrashuvi  Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) boʼlib oʼtmoqda.

Ushbu uchrashuvda vazirliklar vakillari, TATU professor-o’qituvchilari, barcha xorijiy va mahalliy loyiha ishtirokchilari loyihaning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishib chiqish imkoniga ega boʼldilar. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri, bu kosmik texnika va aloqa tizimlari, sun’iy yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida mavjud bo‘lgan magistratura ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyihasini muvofiqlashtirish ilk bor O’zbekistonning TATU tomonidan 3 yil davomida amalga oshiriladi. 
 
Batafsil ma’lumot TATU web-saytida joylashtirilgan https://tuit.uz/en/post/tatuda-kosmik-aloqa-va-tizimlar-injiniringi-boyicha-yangi-talim-dasturlari