Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Samarqandda Erasmus+ tadbirlari

Samarqandda Erasmus+ tadbirlari

 

 
Joriy yilning 27-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Erasmus+ milliy ofisi tomonidan “Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli” mavzusida konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiya maqsadi respublika oliy o'quv yurtlari bilan ilmiy ishlanmalarni natijalarini joriy etish, ta'lim jarayoni va yoshlar ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishdan iborat.
 
Unda Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining ham mutasaddi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, jarayon davomida Erasmus+ dasturlariga 2021/2027 yillarga mo'ljallangan loyihalar tanlovi bo'yicha respublika bo'ylab amalga oshirilayotgan axborot sessiyalari, xalqaro loyihalar qilish va xorijiy mobillikni amalga oshirish kabilar to’g’risida takliflar hamda fikr-mulohazalar almashinildi.
 
  
 
  
 
 
2021-yil 28-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ ta’lim sohasidagi grant dasturlari bo‘yicha metodologik seminar tashkil etildi. Seminarda universitet tadqiqotchilari bilan bir qatorda boshqa universitetlar vakillari ham ishtirok etishdi.
Yevropa Ittifoqining eng muvaffaqiyatli va uzoq muddatli dasturi sifatida eʼtirof etilgan Erasmus+ dasturi taʼlim, sport va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi loyihalar, hamkorlik, turli xil tadbirlar va mobillikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
 
Tadbirning maqsadi:
• 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi doirasida 2022 yilga mo‘ljallangan yangi tanlov va O‘zbekiston oliy ta’lim hamjamiyatiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish shartlari, Erasmus+ loyihalarining joriy faoliyati va dasturning oliy ta'limni modernizatsiya qilishga bo’lgan hissasi haqida ma’lumot berish.
• Tempus yoki Erasmus+ dasturlarida avval ishtirok etmagan yangi universitetlarga loyihalarni ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish.