TALENT loyihasi doirasida onlayn muloqot oʻtkazildi
Loyihaning asosiy maqsadi 8 ta asosiy fan moduli bazasida 2 yillik magistratura dasturini tashkil etishdir. Koronavirus pandemiyasi tufayli loyiha rejalariga oʻzgartirish kiritishga majbur boʻlindi, ammo faoliyat onlayn koʻrinishda davom etmoqda.
9-aprel kuni BuxDU va loyiha koordinatori Belgiyaning Bryussel erkin universiteti (Times-2020 reytingida 138-oʻrin, QS-2020 reytingida195-oʻrin) ishchi guruhlari oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi. Muloqotda mavjud vaziyatning loyiha rejalariga koʻrsatayotgan salbiy taʼsirining oldini olish masalasini muhokama qilish qatorida, oʻzaro hamkorlik koʼlamlarini yanada kengaytirish, xususan BEU professorlarining onlayn maʼruzalarini tashkil etish, ularning ilmiy konferentsiyalarda masofadan ishtirok etishlari boʻyicha ham kelishib olindi.