“Ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro hamjamiyat bilan integratsiya” mavzusida onlayn konferensiyasi
2021 yil 22-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasu Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiyasi (ENQA) hamda Erasmus+ Oliy ta’lim ekspertlar milliy guruhi hamkorligida tashkil etilgan “Ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro hamjamiyat bilan integratsiya” mavzusida onlayn konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda ENQA Prezidenti Kristof Grolimund, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig’I U.N.Tashkenbaev, Erasmus+ dasturi milliy koordinatori A.K. Abdurahmanova, Erasmus+ Oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar milliy guruhi a’zosi G.Sh.Rixsiyeva hamda ENQA ekspertalari so’zga chiqib, O’zbekistondagi ta’lim sifatini oshirishdagi o’z fikr mulohazalarini bildirishdi. Konferensiyada yuzdan ortiq mutaxassislar ishtirok etgani, ushbu ko’tarilgan mavzu naqadar muhim ekanligiga yana bir bor dalildir.
U.N. Tashkenbaev o’z ma’ruzalarida, ta’lim sifatini yaxshilashda xalqaro hamjiyatning o’zaro o’rni, shu kungacha olib borilgan ishlar to’g’risida fikr yuritdilar. Unda, Oliy Ta’lim Muassasalarining “Universitet 3.0” darajasiga bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lga qo’yilganini, 35 ta OTMlarda kredit tizimi tadbiq etilgani hamda kelajakdagi rejalar borasida fikr yuritildi.
ENQA bu keng miqyosdagi xalqaro loyihalarni amalga oshiradigan va oliy ta’lim sifatini oshirishga yo’naltirilgan assotsiatsiya bo’lib, hozirda 31 mamlakat bilan hamkorlikga ega.
Respublika Oliy Ta’lim kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash instituti rektori prof. U.P. Umurzakov 2019-yilning sentyabr oyida Shveytsariyada Oliy ta’lim inspeksiyasini ENQA Prezidenti bilan uchrashgani Yevropa Ta’lim jarayoniga qo’shilishga ilk qadam bo’ldi deb ta’kidladilar.
Bundan tashqari, U.N.Tashkenbaev Erasmus+ ofisi bilan hamkorlikda respublikamiz yoshlarini Yevropa Ittifoqi universitetlarida o’qishiga alohida e’tibor berilishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining diplom darajalarini kelajakda xalqaro darajadagi diplom sifatida tan olinishi uchun harakatlar boshlangani to’g’risida fikr yuritildi.
A.K. Abdurahmanova o’z ma’ruzalarida, Erasmus+ faoliyating keyingi qadami bu ESG ko’rsatmalarini Erasmus+ dasturlarida qo’llash imkoniyati mavjud ekanligini eslatib o’tdi. Bugungi kunda oly ta’lim tizimining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha yangi Erasmus dasturi doirasidagi “Erasmus Mundus Design Measures” yo’nalishi doirasida ham loyihalar tayyorlanishi mumkinligi ta’kidlandi.