Tempus ва Erasmus+ loyihalar natijalari barqarorligining ta'minlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori tasdiqlandi.
Ushbu qarorga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalarida Yevropa Ittifoqining Tempus va Erasmus+ dasturlarining “Oliy ta'limda salohiyatni oshirish” CBHE yo‘nalishi loyihalari natijalari doirasida iqtisodiyot tarmoqlari sohalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
“CLASS: Markaziy Osiyo davlatlari universitetlarida hisoblash lingvistikasi bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi bo‘yicha: O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat chet tillar institutida “Komp'yuter lingvistikasi” mutaxassisligi”;
“INTRAS: Intellektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasi bo‘yicha: Andijon mashinasozlik instituti, Termiz davlat universiteti, Jizzax politexnika institutida “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi (to‘liq davlat grant);
“MECHAUZ: Innovasion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O‘zbekistonda bakalavr darajasi uchun mexatronika va robototexnikani modernizasiya qilish” loyihasi bo‘yicha: Andijon mashinasozlik institutida “Mexatronika va robototexnika” magistratura mutaxassisligi (to‘liq davlat granti);
Farg‘ona politexnika institutida “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi.
“SPACECO: Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” loyihasi bo‘yicha: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sun'iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari” mutaxassisligi;
“DSinGIS: Geoaxborot tizimida doktorantura” (Tempus “GE-UZ: Geoinformatika-O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga erishish” loyihasining davomi) loyihasi bo‘yicha: Qoraqalpoq davlat universitetida “Geodeziya va geoinformatika” mutaxassisligi.