Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Toshkent axborot texnologiylari unversitetida Erasmus+ axborot seminari bo’lib o’tdi

Toshkent axborot texnologiylari unversitetida Erasmus+ axborot seminari bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqi komissiyasining texnikaviy yordamini muvofiqlashtirish byurosi (UzByuroKES) tashabbusi bilan joriy yil 26-may kuni Toshkent axborot texnologiylari unversitetida Erasmus+ axborot seminari bo’lib o’tdi. Seminarni tashkil qilishda O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ishtirok etdilar. Tadbir davomida hukumat tashkilotlari (vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va markazlar)ga Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education)” loyihalari doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari janob Elchi Eduards Stiprais, UzByuroKES direktori Jamshed Sharipov va BIMM direktori Prof. Uzoqboy Begumqulovlar qutlov nutqlari bilan yig’ilganlarga murojaat qildilar. Ayni vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar vakillari tomonidan OO’MTV, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Fan va ta’lim agentliklarining joriy Erasmus+ loyihalaridagi ishtiroki bo’yicha aniq misollar bilan taqdimotlar qildilar.  Taqdimotlar yuklab olish uchun tadbir dasturi (PDF) bo’yicha joylashtirilgan:


1. Partnership opportunities for non-academic partners, ministries and organisations currently involved in Tempus and Erasmus+ projects along with HEIs (Reduced versionfull version)