Ta'lim konferentsiyasi davomida hozirgi kunga qadar Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligining natijalari sarhisob qilindi, shuningdek, kelgusi yillarda uning mazmunli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Markaziy Osiyoda Yevropa Ittifoqining yangi strategiyasini muhokama qilishga alohida e'tibor qaratildi.
Konferentsiyada oliy ta'lim tizimi vakillari, oliy o'quv yurtlari rahbarlari, shuningdek, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati va Yevropa Ittifoqining boshqaruv organlari ishtirok etdi, ularga ta'lim sifati, innovatsiyalar va ish bilan bandlik masalalarida o'zaro bog'liq masalalarni muhokama qilish imkoniyati berildi.
Umuman olganda, konferentsiya, Yevropa Ittifoqining o’rni va uning mintaqadagi yoshlarni va ta'limni qo'llab-quvvatlashdagi hissasi va kuchaytiruvchi omillarini,, shuningdek ,viloyatlarda Yevropa Itifoqining yangi strategiyasini amalga oshirish dasturlari, shu jumladan kelajakdagi Erasmus dasturi (2021-2027) va kelgusi Erasmus dasturlarini Markaziy Osiyo ta'lim platformasining bosqichlari bo'yicha baholash va aniqlashga yordam berdi.
O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining o'rinbosari U.Sh. Begimkulov boshchiligida amalga oshirildi. Delegatsiya tarkibi TDTU rektori prof. S.Turabjonov, FerPI rektori O. Otakulov, O'zMU prorektori R. Shirinova, TDIU prorektori D. Begmatova va Erasmus+ milliy ofisi koordinatori A. Abduraxmanovalardan iborat bo’ldi. Shunungdek,anjumanda, Yevropada Erasmus Mundus qo'shma magistrlik dasturlarida tahsil olayotgan O'zbekistonlik ikki talaba ham ishtirok etdi.
Konferentsiyada O'zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov va O'zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Eduards Stiprais faxriy mehmonlar sifatida taklif etildi.