Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Salohiyatni oshirish

Oliy ta’limda salohiyatni oshirish /Capacity building in the field of Higher Education (sobiq Tempus)

2014 yil 1 yanvardan, Tempus doirasidagi tadbirlar, Salohiyatini Oshirish Loyihalari (to'liq ma'lumotni bukletdan topish mumkin) nomi bilan yangi hamkorlik dasturi Erasmus+ ning bir qismi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Ushbu tadbirlar mavjud Tempusga a’zo mamlakatlar, shuningdek Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika, Karib va Tinch Okeani mamlakatlarini o’z ichiga oladi.

Salohiyatini Oshirish Loyihalari Hamkor davlatlardagi yoshlar va Oliy Ta’lim sohasidagi o’zaro aloqalarni qo’llab-quvvatlaydi. Salohiyatini Oshirish Loyihalarining maqasadi tashkillot/institutlar va tizimlarni modernizatsiyalash va xalqarolashtirish jarayonlarini qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Salohiyatini Oshirish Loyihalari davlat yoki xususiy oliy ta’lim muassasalari, milliy hamda/yoki xalaqaro oliy ta’lim assotsiatsiyalari yoki tashkilotlari, tashkilot pedagog yoki talabalari, davlat boshqaruv organlari (vazirliklar va boshqa milliy, hududdiy va mahalliy boshqarmalar), ijtimoiy hamkorlar va/yoki ularning ta'lim tashkilotlari, xususiy hamda/yoki davlat korxonalari, tadqiqot institutlari, nodavlat tashkilotlar singari keng doiragi tashkilotlar bilan hamkorlik uchun ochiq.

Salohiyatini Oshirish Loyihalari Hamkor davlatlarda Oliy Ta’lim Muassasalari va Tizimini modernizatsiyalash va xalqarolashtirishga mo’ljallangan hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini rag’batlantiradi. Bu tadbir qo’shni va nomzod mamlakatlar, Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika, Karib va Tinch Okeani mamlakatlari uchun amal qiladi. Loyihalarning 2 ta kategoriyasi mavjud:

  • Qo’shma Loyihalar asosan Hamkor davlatlardagi muassasalarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilib, o'quv dasturini rivojlantirish; boshqaruvni modernizatsiyalash; OTM menejmenti va faoliyati deb nomlangan 3 ta turli xil kategoriyadagi tadbirlarga yo’naltirilgan. Bular OTMlarining keng qamrovdagi ijtimoiy va iqtisodiy saholar bilan aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan.
  • Strukturaviy Loyihalar tizimli ta'sir kuchiga ega bo’lib, Hamkor davlatlar rasmiylari ko'magida milliy va/yoki mintaqaviy darajada islohotlarni targ'ib qiladi. Bu loyiha 2 turdagi tadbirlarga qaratilgan bo’lib, bular: Oliy Ta'lim Tizimi siyosati, boshqaruvi va menejmentini modernizatsiyalash hamda Oliy Ta'lim Tizimining keng ko’lamdagi ijtimoiy va iqtisodiy sohalar bilan aloqalarini mustahkamlash.

Muayyan holatlarda Qo’shma va Strukturaviy Loyihalar mutaxassis va talabalar uchun mo’ljallangan Maxsus safarbarlik ishlarini o’z ichiga olishi mumkin.

https://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/funding/key-action-2-capacity-building-in-field-higher-education-2015_en da Arizalar topshirish jarayoni va zaruriy hujjatlar haqida ma’lumot topishingiz mumkin.  

 

Bu yerda topishingiz mumkin:

Erasmus+ Dasturi bo’yicha Qo’llanma (yuklash)

O'zbekiston uchun Milliy va mintaqaviy ustuvor yo'nalishlar quyida berilgan (ING, RUS)

Savollar (yuklash