Kredit Mobilligi: talabalar, amaliyotchilar, professor, o'qituvchilar, yoshlar xodimlar, ta'lim muassasalari xodimlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun boshqa mamlakatda ta'lim va professional tajriba olish imkoniyatlari.
Asosiy Mexanizm “Kredit Mobilligi” oliy ta'limning barcha darjasidagi talabalar (Qisqa muddatli, Bakalavryat, Magistratura, Doktorlik darajalari) hamda bitiruvchilar uchun ikki tomonlama sarbarlik ishlari moliyalashtiriladi. Kredit Mobilligi Hamkor davlat talabalariga Dastur davlatlari bo’ylab ta’lim olish hamda korxonalarda malaka oshirish imkonini beradi. O’quv jarayoni 3 oydan 12 oygacha davom etadi. Jo'nash oldidan talaba, yuboruvchi hamda qabul qiluvchi muassasalar tomonidan o’quv dasturi ko’rsatilgan “Ta'lim shartnomasi” imzolanadi. Malaka oshirish kurslari davomiyligi 2 oydan 12 oygacha bo'lishi mumkin.
Asosiy Mexanizm shuningdek dunyoning barcha mamlakatlari uchun chet elda ta’lim olish, o’qtish va malaka oshirish uchun ochiladi. Hamkor davlatlar bilan professor-o’qituvchilar safarbarligi loyihasi 5 kundan 2 oygacha davom etadi. Ikki Oliy Ta’lim Muassasasi o’rtasidagi jarayonlarda (talaba safarbarligi ta’lim olish uchun hamda professor-o’qituvchilar safarbarligi o’qitish uchun), almashinuv boshlanishidan avval yuboruvchi va qabul qiluvchi mussasa o’rtasida “Xalqaro shartnoma” tuziladi.
Talabalar va professor-o’qituvchilar sayohat, viza, sug'urta xarajatlarini, shuningdek yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiyalar oladilar. Ishtirokchi universitetlar tomonidan talabalardan haq olish mumkin emas. Ishtirokchi universitetlar o'z ma'muriy xarajatlarni qoplash uchun boshqaruv haqlarini oladilar.
Hamkor davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari Milliy Agentliklarga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qila olmaydilar. Faqat Dastur mamlakatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari ro'yxatdan o'tgan joyiga qarab, Milliy Agentlikga murojaat qilishi mumkin. Evropa universitetlari (Hamkor davlatdagi hamkor universitet nomidan) talabalar va professor-o’qituvchilarni yuborish yoki qabul qilish uchun ariza beradilar (ta'lim olish yoki malaka oshirish uchun). Ariza topshirayotgan OTM oliy ta'lim uchun Erasmus Xartiyasini qabul qilishi zarur. Mobillik ikki OTM o'rtasida yoki konsortsium doirasida tashkil qilinishi mumkin.
Quyida Erasmus+ doirasidagi kredit va daraja mobilligi bo’yicha talabalar tomonidan so’raladigan asosiy savollar:
http://ec.europa.eu/education/opportunities/higher-education/doc/students-questions-answers_en.pdf
Dos and dont's for applicant higher education institutions
Quick reference guide for selected higher education institutions in Partner Countries
International Credit Mobility Handbook