Jean Monnet dasturining maqsadi - butun dunyo bo'ylab Yevropa Ittifoqining ta’lim sohasida ta'lim va tadqiqot olib borish ustunliklarini targ'ib qilishdan iborat. Ushbu dastur akademik dunyo va siyosatchilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan, ayniqsa Yevropa Ittifoqi siyosatining boshqaruvini kuchaytirishga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari Yevropaning integratsiya jarayonlariga alohida urg’u bergan holda, o’rganishga qaratilgan. Shuningdek, globallashgan dunyoda Yevropa Ittifoqining ro’li, inson va madaniyat munosabatlarini qamrab oladi.
Kimlar murojaat qilishi mumkin?
Dunyoning turli davlatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalar (OTM)ishtirok etishi mumkin. Dastur-davlatlatlarida (Programme-Countries) joylashgan universitetlar Oliy ta’lim Erasmus Hartiyasiga (ECHE) a’zo bo’lishlari zarur. Hamkor davlatlar (Partner-Countries) oliy ta’lim muassasalari ECHEga a’zo bo’lishlari zaruriy hisoblanmaydi.
Individual shaxslar to’g’ridan-to’g’ri grantga ariza topshirish imkoniyati mavjud emas.
Dastur haqidagi batafsil ma’lumot quidagi veb-saytda joylashtirilgan: http://ec.europa.eu/education/opportunities/jean-monnet/index_en.htm