Erasmus+ Haftaligi doirasida tashkil etilgan "Akademik jarayonda Yevropa kredit-modul tizmi (ECTS)” mavzusidagi seminar-trening oliy ta’lim tizimi vakillari uchun dolzarb ekanligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi. Oliy ta’lim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi a’zolari tomonidan mazmunli va ma’lumotlarga boy ma’ruzalar taqdim etildi.
Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda kredit-modul tizimiga o’tish belgilab qo’yilgan. So’nggi yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modul o’qitish tizimiga o’tish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.