Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

OTE Milliy jamoasining maqolalari to‘plami

OTE Milliy jamoasining maqolalari to‘plami

Erasmus+ dasturi doirasida oliy ta’lim sohasidagi ekspertlar Milliy jamoasi tomonidan tayyorlangan navbatdagi “Oliy ta’lim istiqbollari” jurnali nashrdan chiqdi. To‘plam oliy ta’limda kredit mobilligi, malaka oshirishning dolzarb muammolari, loyihalarni boshqarish va oliy ta’lim taraqqiyoti hamda uning istiqboliga taalluqli bosha muhim masalalarga bag‘ishlangan.

Nashr maqsadi – yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasi xodimlarini Yevropa davlatlari va O‘zbekistonning yetakchi universitetlari tajribalari, shuningdek, Tempus IV dasturi yutuqlari va O;zbekistonda yangi Erasmus+ dasturining boshlanishiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat.   To‘plam o‘quvchilarning keng ommasiga: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va xodimlaridan boshlab oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalariga mo‘ljallangan.