2016 yilning 6 va 7 may kunlari Samarqandda Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar (OTE) ishtirokida ikkita seminat o‘tkazildi.
Seminarning birinchi kunida loyiha boshqaruviga oid trening tashkil etildi. Mazkur treningda 19 ta oliy ta’lim muassasasining 82 tadan ziyod vakillari, shuningdek, OO‘MTV huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz xodimlari ishtirok etdi.
Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida o‘tgan seminarning birinchi kuni oliy ta’lim muassasasi salohiyatini oshirishga (СВНЕ) oid loyihalar boshqaruviga oid masalalarga bag‘ishlandi. OTM rektori, prof. T.E.Ostonaqulov o‘zining kirish nutqida xalqaro hamkorlikning muhimligi va Yevropa Ittifoqi dasturlarining oliy ta’limni modernizatsiyalashga qo‘shgan hissasi haqida alohida to‘xtaldi. SQXIda 2016 yilning 6 mayida bo‘lib o‘tgan seminar muhim masalalarning biriga – Erasmus+ dasturining “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish/Capacity Building in Higher Education” yo‘nalishidagi 12 yangi loyiha koordinatorlari ishtirokidagi “Loyihalarning samarali boshqaruvi”iga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar asosiy omillar bilan tanishib, loyihalarni boshqarishga oid amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Seminar natijalariga ko‘ra “Erasmus+ loyihalarining mahalliy koordinatorlariga mo‘ljallangan yo`riqnoma” yangilandi.
Qyidagilar taklif qilindi:
Trening haqida to‘liqroq ma’lumotni quyida keltirilgan taqdimotlar orqali olish mumkin:
Field monitoring of CBHE / Tempus projects, Kudratkhon Bakhadirov, NEO expert
Agile project management: brief review of existing practices, Igor Vikhrov (HERE)
Financial management of the project: practical aspects, Farkhod Ahrorov, SamAI
The Roles of Monitoring and Evaluation (M & E) in projects, prof. Nazokat Kasymova (HERE)
Samarqand shahrida sakkizta OTMlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Boloniya jarayoniga bag‘ishlangan ikkinchi seminar mobaynida Yevropa strategiyasi 2020, Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik imkoniyatlari,mobillik va yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari yoritildi. Ekspertlar tomonidan Erasmus+ dasturining mahalliy oliy ta’lim muassasalari uchun hamkorlik imkoniyatlari namoyish qilindi,O‘zbekiston oliy ta’lim taraqqiyotining ustuvor yo‘nallishlarining tahlili amalga oshirildi.