Erasmus+ dasturi doirasida «Qo'shma dasturni ishlab chiqish: imkoniyatlar va amaliy maslahatlar» mavzusida navbatdagi TAM seminar-treningi
Joriy yilning 11-12 mart kunlari O'zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat Inspektsiyasi hamda Erasmus+ Oliy ta'lim bo’yicha ekspertlar Milliy guruhi bilan hamkorlikda "Qo’shma dasturni ishlab chiqish: imkoniyatlar va amaliy maslahatlar” mavzusi nomli onlayn seminar-treningi tashkil etildi.
Seminar-treningda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat Inspektsiyasi boshligʻi Ulugbek Tashkenbayev, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Uzokboy Begimkulov, O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiya rahbari, Elchi Charlotte Adriaen xonim o’z nutqlari bilan ishtirok etdi. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston oliy ta’lim salohiyatini oshirish yo’lida qilinayotgan ishlar va kelajakdagi maqsad va rejalar to’g’risida fikrlar almashildi. Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston o’rtasida oliy taʼlim jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha 24 yildan buyon bir qator loyihalarni amalga oshirib kelayotgani alohida aytib o’tildi.
Shuningdek, Taʼlim inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev sohani isloh qilishda davlat siyosati, taʼlim tizimini modernizatsiyalashda amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdilar:
Finlyandiya bilan hamkorligimizning ilk amaliy natijasi sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Unda talabalar 1+3 shaklida taʼlim oladilar, dastur ishtirokchilari dastlabki 1 yil Oʻzbekistonda va keyingi 3 yil Finlyandiyada taʼlim oladi. Mazkur hamkorlik masalalariga hokimliklar ham oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda. Jumladan Navoiy viloyati va Lappeenranta oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumiga koʻra, Navoiy viloyatidan 9-sinf bitiruvchilari tanlov asosida saralab olinib yangi oʻquv yilidan boshlab 3 yil davomida Finlyandiya oliy maktablarida tahsil oladi, deb o’z fikrlarini bildirdilar.
Tadbirga asosiy ma’ruzachi sifatida Finlyandiyaning Ta’lim milliy agentligining Xalqarolashtirishda dasturning ta’siri departament boshlig’i Annika Sundbäck-Lindroos xonim taklid etildi.
Tadbir davomida quyidagi mavzular ko’rib chiqildi va muhokama qilindi
• Qo'shma dasturlar, kirish: ta'riflar, asosiy bosqichlar, strategik qiziqish va joriy tendentsiyalar, sabablar va imtiyozlar;
• Huquqiy asoslar: asosiy ma’lumotlar;
• Qo'shma dastur ishlab chiqish: nimadan boshlash kerak?
Shu qatorda, O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh boshqarmasi boshlig'i Abduvali Xoliqov tomonidan «Qo’shma dasturlarning ahamiyati va milliy huquqiy asoslariga» oid ma’ruza bilan ishtirok etdilar. Unda qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, diplomlarning tan olinishi kabi ma’lumotlar taqdim etildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (TDIU) «Raqamli iqtisodiyot va AT kafedrasi» dotsenti, Qo’shma dastur koordinatori Azizjon Bobojonov tomonidan «O'zbekistonda Qo'shma dasturlar tajribalari» taqdimotini taqdim etib, o’z tajribalari bilan bo’lishdi. Masalan, so’nggi yillarda Rossiya, Avstriya, Amerika, Turkiya, Angliya va Malaysiya mamlakatlari bilan Qo’shma dasturlar bo’yicha hamkorliklar yo’lga qo’yilgani va ushbu dasturlar to’g’risa batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Tadbirda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Ta’lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akreditatsiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Asliddin Odilov «Ta’lim sifatini oshirish va akkreditatsiya: milliy qonunchilik» nomli mavzu bo’yicha taqdimot qilindi. Taqdimotda qo’shma ta’lim dasturlarida ta’lim sifati bo’yicha hozirgi holati va muammolari, akkreditatsiya jarayoni bosqichlari va qo’shma dasturlarda ta’lim sifatini yaxshilash borasida o’z fikr va takliflari bildirildi.
2 kun davom etgan seminar-trening ishtirokchilariga onlayn sertifikatlar taqdim etildi.