Joriy yilning iyun oyida boshlangan Erasmus+ dasturining 2017 yil uchun axborot kampaniyasi doirasida 2016 yilning 7 sentabrida Jizzax davlat pedagogika institutida (http://jspi.uz/) dastlabki axborot seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Jizzax shahrida joylashgan 2 ta OTM – Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax politexnika institutining professor-o‘qituvchilar va ma’muriy tarkibi, shuningdek, talaba-yoshlari ishtirok etdi. JDPI rektori Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov seminar ishtirokchilarini qutlab, xalqaro aloqalar rivojining muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Qatnashchilar Erasmus+ Milliy ofisi xodimlari (yuklab olish Infoseminar, National and Regional Priorities va CBHE, EMJMD, ICM, Jean Monnet) va ekspertlar Milliy komandasining ikkita a’zosi: prof. Marat Alimovich Rahmatullayev (yuklab olish) hamda Zeboxon Isaqova (yuklab olish) ma’ruzalarini qiziqish bilan tingladilar.
Qizg‘in bahs-munozaralar Erasmus+ dasturining yangi tanlovida ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishni namoyon qildi. Xususan, Jizzax politexnika institutida amalga oshirilayotgan Tempus va Erasmus+ joriy loyihalari (ENGITECH, MACH, HIGHVEC) ishtirokchilarining taqdimoti (yuklab olish HIGHVEC-ENGITEC) va chiqishlari ko‘p muhokamaga sabab bo‘ldi.
Seminar ishtirokchilari respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik taklifi va aniq loyihaviy g‘oyalar bilan murojaat qilish niyatida ekanligini aytib o‘tishdi. Ularning aksariyati Jizzax davlat pedagogika institutini Yevropa universitetlari bilan bo‘lg‘usi hamkorlik loyihalariga jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari yangi tanlovda muvaffaqiyat keltirishiga umid bildirishdi.