Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Talablar

 Erasmus+ Milliy Ofisi “Erasmus+ O’zbekistonda (2017)” nomli to’plamni nashrdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu to’plamda Tempus IV (2007-2013) hamda Erasmus+ kredit mobillik, oliy ta’limda salohiyatni oshirish bo’yicha yakunlangan va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarga oid maqolalar chop etilishi ko’zda tutilmoqda (www.erasmusplus.uz).

To’plamni chop etishdan maqsad – Yevropa universitetlari bilan o’zaro hamkorliklar doirasidagi yutuqlar, loyihalar natijalarining barqarorligi va O’zbekiston oliy ta’lim tizimining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shayotganligi haqidagi ma’lumotlarni yoritishdan iborat.

Maqolalar shakllantirilayotganda quyidagi asosiy masalalar tahlilini e’tiborda tutishingizni so’raymiz:

  • Mahalliy loyiha qatnashchilari – OTM professor-o’qituvchilari, boshqaruv xodimlari;

  • Yevropa hamkorlari, hususan grant oluvchi/koordinatorlar va loyiha hamkorlari/professor-o’qituvchilari;

  • Loyiha foydalanuvchilari - talabalar, loyiha doirasida tashkil qilingan kurs tinglovchilari, malaka oshirishda qatnashgan o’qituvchi va xodimlar hamda ishlab-chiqarishda ishtirok etgan xodimlar.

Maqolalarda rasm va internet sayt manzillarining ko’rsatilishi o’rinli bo’lib, ushbu maqolalar mazmunini boyitishda ham xizmat qiladi. Shuningdek, rasm va sur’atlarga ta’riflar berilishi zarur. Iltimos shuni e’tiborda tuting, mualliflar topshirilgan barcha materialga (matnning originalligi, fotolar/rasmlar va veb sahifalaridan foydalanish uchun ruhsat olinganligi va h.) ma’suldir. Mualliflarga materialni topshirishdan oldin kiritilgan matn originalligiga (agar talab etilsa karakli iqtiboslar kiritilsin), agar foto/rasm/grafik mavjud bo’lsa ularga tegishli ruhsatlari borligiga ishonch xosil qilishlarini tavsiya etamiz. 

Agarda Siz yuborgan maqolaning mazmuni, formati yoki sifati ko`rsatib o`tilgan talabga javob bermasa, maqolani qayta ishlashingizni so’rab siz bilan bog’lanishimiz mumkin.

Maqolalarni o’zbek, ingliz yoki rus tillarida topshirish mumkin. Maqolalarga qisqa annotatsiya ingliz, rus va  o’zbek tillarida tayyorlangan bo’lishi shart.

Har bir loyihadan loyha natijalari va uning tahlillari haqidagi 3 betdan kam bo’lmagan kamida 2 dan maqola taqdim qilinishi so’raladi.

 

Maqolalarni topshirish bo'yicha format talablari quyidagicha:

1. Maqola mavzusi, muallif(lar)ning F.I.Sh., ish joyi va kontaktlarning ko’rsatilishi.

2. Maqola matni “Times New Roman” shriftida, 12pt o’lchamda, bir oraliq intervalda bo’lishi.

3. Listda 1.5sm-2.5sm-2.5sm-1.5sm tepa-past-o’ng-chap tomonlaridan ochiq joy qoldirilishi.

4. Rasmlarning hajmi kamida 1024 x 768 yoki undan katta bo’lishi mumkin. Har bir rasmga ta’rif berilishi shart (ishtirokchilar, izoh va rasmga olingan joy).

5. Talab qilinayotgan formatda maqolalarni tayyorlash uchun maqola namunasini taqdim etmoqdamiz (nomi, annotatsiya, tekstni formatlash, rasm va jadvallarni qo’shish va b.). Oldinroq chop etilgan to’plamlar quyidagi sahifadan yuklab olish mumkin http://erasmusplus.uz/uz/publication/Publications-NEO/index.htm 

 

Maqolalarni topshirishning so’nggi muddati – 10 sentabr 2017 yil.

 

Maqolalarni yoki maqolalar bo’yicha savollaringizni book@erasmusplus.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

                                                                             

Sizning maqolalaringiz ham mahalliy, ham Yevropa hamkorlar uchun o’z loyihalarini amalga oshirishda va Erasmus+ dasturi doirasida yangi aloqalarni o’rnatishda juda katta ahamiyatga egadir.

Erasmus+ (sobiq Tempus) dasturining rivojlanishiga va barqaror davomiyligiga qo’shayotgan hissangiz uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ilg’or tajribalaringiz Erasmus+ dasturining yangi loyihalarini ishlab chiqishda juda foydali bo’lishiga ishonamiz.

Sizning maqolalaringizni “Erasmus+ O’zbekistonda (2017)” nomli to’plamida nashr etish uchun kutib qolamiz.